3. Harakatlar strategiyasining hayotga joriy etilishi. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari Bugun O‘zbekistonda izchil amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar
natijasida mamlakatni jahon tanimoqda va tan olmoqda. Bu borada Prezident
Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy tashabbusi va hayotbaxsh g‘oyalari asosida ishlab
chiqilgan «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» davlat va jamiyatni
rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab berganini alohida e’tirof etish
lozim.
O‘zbekistonning bosh strategik rivojlantirish hujjati hamda shu asosda qabul
qilinayotgan Davlat dasturlarini amalga oshirishning uchinchi yili ham
nihoyalandi. Prezidentimiz bugun parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida
alohida qayd etganidek, shu uch yilda dastlabki, lekin o‘ta muhim va salmoqli
naitjalarni qo‘lga kiritdik. Xususan, o‘tgan 2019-yil ham munosib yutuqlar va
yuksak marralar yili bo‘ldi.
Quvonarlisi, O‘zbekistonning nomi xalqaro maydonda tez-tez yuqori darajada
e’tirof etilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyaning «The Economist» haftalik jurnali
o‘tgan yili yurtimizni «Yil davlati» sifatida e’tirof etdi. Amerikaning «Harper's
Bazaar» nashri esa, 2020-yilda albatta sayohat qilish lozim bo‘lgan 20 ta eng
yaxshi yo‘nalish ro‘yxatida O‘zbekistonni birinchi o‘ringa loyiq, CNN Travel sayti
2020- yilda sayohat uchun eng yaxshi joy, deb topdi.
Darhaqiqat, mamlakatimiz bugungi kunda jahon hamjamiyati tomonidan jadal
taraqqiy etayotgan, iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlariga erishayotgan, eng
asosiysi, aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti tubdan yaxshilanayotgan, hayot
darajasi izchil yuksalayotgan mamlakat sifatida e’tirof etilmoqda.
Shu ma’noda, o‘tgan 2019-yil yakunlariga nazar tashlasak, Harakatlar
strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga
oid Davlat dasturining birinchi yo‘nalishi- Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy