Book · February 022 citations reads 62,284 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


partiyalarning rolini kuchaytirish yuzasidan qator amaliy chora-tadbirlar hayotga



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/149
tarix14.09.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#128971
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149
1.14-


partiyalarning rolini kuchaytirish yuzasidan qator amaliy chora-tadbirlar hayotga 
joriy etildi. 
Xususan, «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning 
mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim 
qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun 
qabul qilinib, unda Konstitutsiya va boshqa Qonunlarga Bosh vazir o‘rinbosarlari, 
vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari nomzodini Bosh vazir taqdimiga binoan 
Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash va Prezident tomonidan tasdiqlash 
tartibi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, hukumat a’zoligiga nomzodning endilikda 


212 
sohani rivojlantirish bo‘yicha yaqin muddatga va istiqbolga mo‘ljallangan harakat 
dasturi bilan deputatlar oldida chiqish qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. O‘z 
navbatida, hukumat a’zosi bundan buyon o‘z harakat dasturi ijrosi bo‘yicha Oliy 
Majlis palatalari, ularning qo‘mitalarida muntazam ravishda axborot berib boradi. 
Hududlar kesimida esa, viloyat, tuman va shahar davlat organlari rahbarlarini 
tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ma’lumki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash 
olib borilmoqda. Eng avvalo, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning 
huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat 
qabul qilindi. Oliy Majlis Senatida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi 
kurashish, Qonunchilik palatasida esa Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq 
masalalari qo‘mitalari tashkil etildi. 
Davlat rahbarining «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi 
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 
qabul qilinib, unga muvofiq, 2019-2020- yillarda Korrupsiyaga qarshi kurashish 
davlat dasturi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika 
idoralararo komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Mazkur Farmon korrupsiya 
bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan izchil sa’y-
harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lib, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad 
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori 
darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning 
xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ana 
shu maqsadlar yo‘lida 2019-yil 1-avgustdan eksperiment tariqasida kapital qurilish 
va oliy ta’lim sohalarida «Korrupsiyasiz soha» loyihasi amalga oshirilmoqda. 
Eng muhim o‘zgarishlardan yana biri, bu shubhasiz, O‘zbekiston 
Respublikasi saylov kodeksining qabul qilinganidir. Mazkur kodeksda 
fuqarolarning saylov huquqlari bilan bog‘liq bir birini takrorlovchi normalar aks 
etgan beshta Qonun birlashtirilib, bugungi kunga qadar tarqoq holda amal qilgan 
saylov to‘g‘risidagi qonunlar va qonunosti hujjatlari xalqaro norma va standartlar 
hamda ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib kodifikatsiya qilindi hamda saylov 
jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutildi. 
Natijada «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» shiori ostida yaqinda bo‘lib o‘tgan 
saylovlar barcha demokratik tamoyillarga tayangan holda, xalqaro standartlar 
talablariga mos darajada, ochiq va oshkor tashkil etilganini xalqaro missiyalar 
vakillari, xalqaro ekspertlardan iborat kuzatuvchilar, xorijning yetakchi ommaviy 
axborot vositalari vakillari ham e’tirof etishdi. 
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning 
ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, bu borada sudlarning ish 
yuklamasini kamaytirish hamda nizolarni sudgacha hal qilish maqsadida 
mediatorlarni tayyorlash tizimi yaratilgani, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar 
malakasini oshirish markazida mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus 
o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlash joiz. Shu bilan birga, 
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga ruxsat etilib, ularga sud 
ekspertizalarining 44 ta turlarini o‘tkazish huquqi berildi. Sudyalar oliy kengashi 
huzurida Sudyalar oliy maktabi tashkil etilgani esa, sud tizimida malakali kadrlar 


213 
tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha yuqori samaradorlik ta’minlanishida 
muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini bepul huquqiy yordam bilan ta’minlash 
maqsadida «Advice.uz» bepul interaktiv axborot portali ochilib, unda fuqarolar 
hayoti davomida to‘qnash keladigan mingdan ortiq holatlarning yuridik yechimlari 
aniq va sodda tilda savol-javob shaklida bayon etib borilmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida 
joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi yopilganini esa, 
butun jahon hamjamiyati olqishlaganiga barchamiz guvoh bo‘ldik. Hukm qilingan 
shaxslarga pensiya to‘lash tartibining joriy etilgani ham mamlakatimizda inson 
huquqlari va manfaatlari olib borilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi 
ekanidan dalolatdir. 
Yurtimizda har bir hududda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha kunlik tezkor 
ma’lumotlarni hokimliklarga taqdim etib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, 1,5 
mingdan ortiq profilaktika inspektori, xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 301 nafar 
profilaktika katta inspektori, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha 214 nafar ofitser, 
vaziyati og‘ir hududlarda 89 nafar psixolog lavozimlari joriy etilgani, o‘z 
navbatida, jinoyatchilikning keskin kamayishiga sabab bo‘ldi. Misol uchun, o‘tgan 
2018 yilda respublikada 49011ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2019 yilning mos 
davrida bu ko‘rsatkich 46089 tani tashkil etdi yoki 2922 taga, salmoqli ravishda 
kamaydi. 
Shuningdek, 2019-yilda davlat notarial idoralari bosqichma-bosqich xususiy 
notarial idoralarga aylantirila boshlanishi, qurilishi tugallanmagan uy-joylarni 
sotishda hokimliklardan ruxsat olish talablarining bekor qilinishi, bitimlarni 
videokonferensaloqa rejimida amalga oshirishga ruxsat etilish, mol-mulk lizingi va 
ipoteka shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinishi kabi 
yangiliklar yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yo‘lidagi izchil islohotlar samarasidir. 
Umuman, davlat dasturining qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq 
tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha 2019-yilda 24 ta 
Qonun, 13 ta Prezident Farmon va qarorlari, 51 ta Hukumat qarorining qabul 
qilingani va hayotga tatbiq etilgani bu sohada naqadar keng va salmoqli sa’y-
harakatlar amalga oshirilganini tasdiqlab turibdi. 
Davlat dasturi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan 
ishlar natijasida poraxo‘rlik holatlari bo‘yicha 2018-yilda 1202 ta jinoyat ro‘yxatga 
olingan bo‘lsa, 2019-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 1071 tani tashkil etib, 
10,9 foizga qisqarishiga erishildi.
Jamiyatda kriminogen vaziyatni yaxshilash hamda huquqbuzarliklarning 
oldini olish maqsadida har payshanba kuni «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni» 
deb belgilandi. 
Jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish va jinoyat sodir etgan 
shaxslarni jinoiy ta’qib qilish muddatlari maqbullashtirildi. 
Shuningdek, agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan 
jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir 
etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka 
tortilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yildi. 


214 
Surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida tadbirkorlarning huquq va qonuniy 
manfaatlari himoyasini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar yaratish 
yuzasidan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual va 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish haqida»gi Qonun qabul qilindi. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan 
faktlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atishga faqat 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar 
prokurorlarining roziligi bilan yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori 
yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilandi. 
Iqtisodiyotni rivojlantirish va faol investitsiya jalb etishning ustuvor 
yo‘nalishlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘tgan qisqa davr mobaynida sohada 
xalqaro standartlarga mos tizimli yangilanishlarning amalga oshirilishi sohani 
yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilishning yangi imkoniyatlarini ochib berdi. Ayniqsa, milliy valyuta – so‘mning 
erkin konvertatsiyasi joriy etilgani, soliq va byudjet siyosatining yangi asosda 
shakllantirilgani, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalash keskin 
kuchaytirilgani muhim o‘zgarishlardan bo‘ldi. 
Ushbu o‘zgarishlarning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish borasida 
ham salmoqli ishlar qilinmoqda. Jumladan, iqtisodiyotning mazkur yo‘nalishlarini 
tartibga solish va takomillashtirish bo‘yicha Prezidentning qator Farmon va 
qarorlari qabul qilindi, shuningdek, «Hisob palatasi to‘g‘risida»gi yangi qonun 
kuchga kirdi, Soliq va Bojxona kodekslariga, Soliq va Bojxona xizmatlari 
to‘g‘risidagi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, takomillashtirildi. 
«Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi, «Bank va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, 
«Markaziy bank to‘g‘risida»gi Qonunlar qabul qilindi. 
Bularning bari milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga, 
tarmoqlarda jahon standartlariga mos, tashqi bozorlarda xaridorgir mahsulot ishlab 
chiqarishni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lmoqda. Shu va boshqa omillar 
evaziga 2019-yil yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish sur’ati 5,4 foiz 
belgilangan prognoz ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda 
erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lishi ta’minlandi. «Faol investitsiyalar 
va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilingan 2019-yilda barcha moliyalashtirish 
manbalari hisobidan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmi 220,7 trln so‘mga 
yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga o‘sishga erishildi. Shu 
o‘rinda asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 189,9 trln so‘mni, 2018 yil 
ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘sish sur’ati esa 1,3 barobarni tashkil etganini 
ta’kidlash lozim. 
Investitsiya faoliyatining sezilarli o‘sishi 13,3 mlrd. dollarni tashkil etgan 
xorijiy investitsiyalarning oqimi va o‘zlashtirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, 
unda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 9,3 mlrd. dollar, 
shundan asosiy kapitalga – 6,6 mlrd. dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy 
investitsiyalar va kreditlar – 4,0 mlrd. dollar, shundan asosiy kapitalga – 3,2 mlrd 
dollar o‘zlashtirildi. Bunda o‘zlashtirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 
va kreditlarning umumiy investitsiyadagi ulushi 37 foizga yetkazildi. 


215 
Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning yana bir o‘ta muhim 
jihati, ularning hududlarni kompleks va jadal rivojlantirishga qaratilganidir. Bu 
borada mahalliy byudjetlarning yuqori byudjetlarga bo‘lgan bog‘liqligini keskin 
kamaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet mablag‘larini 
boshqarishdagi mustaqilligi va mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlar barcha bo‘g‘indagi byudjetlarning barqarorligini ta’minlovchi tizimni 
yaratibgina qolmay, Davlat byudjetining mutanosibligini hamda samarali ijrosini 
ta’minlashga xizmat qilmoqda. 
Mazkur chora-tadbirlarning hayotga joriy etilishi nihoyatda qisqa muddatda 
hududlarning resurs salohiyatidan unumli, samarali foydalanishga, mavjud 
imkoniyat va rezervlarni ishga solishga, mahalliy byudjetlar daromadlarining 
ortishiga katta imkoniyat yaratib berdi. 
To‘rtinchi – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga kelsak, 
bugun yakka-yolg‘iz nuroniylarga, kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalarga hamda 
nogironlarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat, diqqat-e’tibor – ularning huquq va 
manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, uy-joy bilan ta’minlash, davlat organlari va 
boshqa tashkilotlarning e’tiborini kuchaytirish, moddiy ta’minotini keskin 
yaxshilash borasida olib borilayotgan xayrli ishlar ham bugungi yangi bosqichdagi 
islohotlar mevasidir. 
Zero, «2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar 
bo‘yicha arzon uy-joylar qurish», «Obod qishloq» va «Obod mahalla», «Har bir 
oila - tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz», «Besh ijobiy tashabbus» kabi Davlat 
dasturlari va rejalari doirasida olib borilayotgan ishlar bugun xalqning hayot 
darajasi hamda farovonligini oshirish yo‘lidagi g‘amxo‘rlikning yorqin 
namunasidir. 
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish 
sohasidagi beshinchi ustuvor yo‘nalishlar borasida O‘zbekistonning tashqi siyosat 
sohasida olib borayotgan faol va samarali, ochiq va kreativ faoliyati dunyoning 
barcha davlatlari, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarning yanada kengayishi va 
rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda. Bu o‘rinda, birinchi navbatda, yon qo‘shni 
– jon qo‘shnilar bo‘lgan Markaziy Osiyoning boshqa qardosh davlatlari bilan 
munosabatlar iliqlashgani, oradagi muzlar erigani, o‘zaro manfaatli aloqalar izchil 
yo‘lga qo‘yilgani, minglab oddiy odamlarning chegaralardan bemalol o‘tayotgani, 
mintaqa bo‘ylab erkin harakatlanish, qarindosh-urug‘lar bilan bordi-keldi qilish 
uchun barcha sharoitlarning yaratilgani muhim tarixiy qadam bo‘ldi. 
Davlat rahbarining qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish 
nafaqat mintaqaviy, balki global xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ekani 
to‘g‘risidagi fikrlari BMT hamda boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jahondagi 
yetakchi davlatlar e’tiborini ushbu murakkab muammoning yechimiga qaratdi. 
O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika 
infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga o‘zining salmoqli 
hissasini qo‘shib kelmoqda. 
Shu bilan birga, jahonning eng rivojlangan davlatlari bilan savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy, ta’lim, madaniyat va sport, sog‘liqni saqlash, gumanitar 


216 
sohalarida, yhuningdek, terrorizm, diniy ekstremizmga qarshi kurash, xavfsizlikni 
ta’minlash yuzasidan o‘rnatilgan o‘zaro teng manfaatli hamkorlik aloqalarining 
tobora kengayib va mustahkamlanib borayotgani diqqatga sazovor. Bularning 
barchasi mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
O‘zbekiston inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha mustaqil 
siyosatini qat’iy davom ettirmoqda va bu siyosat xalqaro hamjamiyat tomonidan 
e’tirof etilmoqda. Mamlakatda mahbuslarni avf etish instituti joriy etilib, keyingi 
uch yilda yetti marta avf e’lon qilindi. Natijada qilmishidan chin dildan pushaymon 
bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 ming nafarga yaqin mahbus jazoni o‘tash 
joylaridan ozod etildi. Mustaqillik bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasining yopilgani, 156 
nafar fuqaro (asosan ayollar va bolalar) jangovar harakatlar davom etayotgan 
Suriyadan qaytarib olib kelinib, ularning fuqarolik huquqlari tiklangani xalqaro 
jamoatchilik tomonidan olqishlanib, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan 
insonparvar siyosatning yana bir hayotiy ifodasi ekani ta’kidlandi. Umuman, 
bugungi O‘zbekiston o‘z fuqarolarining haq-huquqlari, manfaatlari va 
erkinliklarini ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, himoya qilishga qodir davlat 
sifatida o‘zini namoyon etmoqda
50

Eng muhimi, bugun O‘zbekistonda jamiyatdagi mavjud muammolarga ko‘z 
yumish, uni xaspo‘shlash emas, balki aholini qiynayotgan har qanday masalaga 
ijobiy yechim topishga bo‘lgan intilish kuchaydi, qonunlar ijrosi ustidan parlament 
va jamoatchilik nazoratining ta’siri ortib bormoqda. Ayniqsa, mansabdor 
shaxslarning va davlat organlarining mas’uliyati anchayin oshgani, «Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak», degan ezgu tamoyil 
hayotda o‘z amaliy ifodasini topayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘lmoqda. 
Bularning barchasi, o‘z navbatida, erkin va adolatli jamiyat shakllanishiga, 
unda sog‘lom muhit qaror topishiga, odamlarning rozi bo‘lishiga va amalga 
oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissi kuchayishiga hamda yurt taraqqiyoti 
yo‘lida astoydil, faol ishtirok etishiga zamin yaratmoqda. Bu hayotbaxsh islohot va 
yangilanishlar butun jamiyatni, uning a’zolari bo‘lgan har bir insonni amaliy 
ishlarga safarbar etib, el-yurt manfaatlari, Vatan kelajagi yo‘lida jipslashtirmoqda. 
Darhaqiqat, mamlakatimiz tarixida o‘chmas sahifa ochgan buyuk istiqlol 
tufayli O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin 
egallab, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil ilgarilab bormoqda. 
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi 
Mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi 
nutqi bu o‘zgarishlarni yanada teranroq anglashimiz, idrok etishimizda muhim 
ahamiyat kasb etdi. «Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy 
tiklanishdan-milliy yuksalish sari
 
dadil qadam qo‘ymoqdamiz»
51
, deb ta’kidlangan 
Davlatimiz rahbarining so‘zlari xalqimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini yanada jo‘sh 
50
Туляков Э. Тараққиёт стратегияси маркази материллари асосида. 2020 йил.
 
51
Мирзиёев Ш.М. «Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари дадил қадам қўймоқдамиз». Ўзбекистон 
Республикаси давлат мустақиллигининг йигирма етти йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги 
нутқи. 01.09. 2018 йил. 


217 
urdirdi. Shubhasiz, bundan ruhlangan xalqimiz davlatimizning har qarich yerida 
yuksalish davri bo‘lishi uchun azmu qaror qilmoqdalar. 
Prezidentimiz nutqida ta’kidlaganidek, Milliy yuksalish deganda, biz 
mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning hayot darajasi va turmush sifatini har 
tomonlama yuqori bosqichga ko‘tarishni tushunamiz. Ilm-fan, ta’lim-tarbiya, 
sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida bo‘layotgan katta o‘zgarishlar 
hayotimizda muhim voqelikka aylanmoqda. 
Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha o‘ziga xos tizim shakllanmoqda. 
Bu borada 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan 
vazifalarni amalga oshirilayotgani, «

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin