Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak,
u biror mafkuraga
bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham
tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafku- radan holi qilish zarur;
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim.
U islohot - laming ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi,
o'zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va
konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;
Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim
. Buning ma'nosi shuki, demokratik
yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga
og'ishmay rioya etishi lozim;
To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish
.
Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan
choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham
shunday bo'lib qoladi;
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunjarning talablarini hisobga olgan
holda, o'tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya'ni evolutsion yo'l bilan, puxta o'ylab, bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |