la, -
lan, -lash, -illa, -irra, -y, -ay, -r, (-ar), -ik (-iq), -i, -t
qo‘shimchalari
yordamida berilgan tub so‘zlardan fe’llar hosil qilish va har bir
guruhni mustaqil davom ettirish, ularning imlosi ustida ishlash
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, imlo savodxonligini
takomillashtirish imkoniyatini yaratadi.
Muayyan qolip asosida so‘zlar hosil qilish ham bolalarning so‘z
boyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, «ot+la»,»sifat+ay»,
«fe’l+sa edi (-saydi)», «fe’l+sa kerak» (
tishla, toray, uzsa edi, yozsa
kerak
v,h.) shunday qoliplar sirasidandir.
«Qo‘shma fe’llar» mavzusini o‘rganishda o‘quvchilarni matndan
«ot+fe’l» tuzilishli qo‘shma fe’llarni ajratish, ularning ma’nosi va
imlosini sharhlash; ajratilgan qo‘shma fe’llarni yasovchi fe’lga ko‘ra
(
qilmoq, bermoq, ko‘rmoq, olmoq
kabi) guruhlash, ularni mustaqil
davom ettirish; qo‘shma fe’llarni tub va yasama, sodda fe’llar bilan
almashtirish (yordam bermoq–yordamlashmoq, g‘amxo‘rlik
ko‘rsatmoq–qayg‘urmoq kabi); matndan «ravishdosh–fe’l» shaklli
qo‘shma fe’llarni ajratish, birinchi fe’lning qo‘shimchalarini aniqlash,
ikkinchi fe’lga ko‘ra qo‘shma fe’llarni guruhlash, bu guruhlarni
mustaqil davom ettirish, ko‘makchi fe’lni izohlash,
boshlamoq,
yotmoq, turmoq, so‘rmoq, bilmoq, bormoq, ketmoq, qolmoq, chiqmoq
kabi ko‘makchi fe’llarning ma’nosini izohlash,
olmoq, bermoq
fe’llarining imlosi (
ayta oldi
–
aytoldi, ayta berdi
–
aytaverdi
) ustida
ishlash singari ijodiy-amaliy ishlar o‘ta foydalidir.
«Fe’l» so‘z turkumini o‘rganishda o‘quvchilarni shu so‘z
turkumining uslubiy imkoniyatlari bilan tanishtirish ham zarurdir.
«Fe’l» so‘z turkumini o‘rganishda gap ustida ishlash markaziy
o‘rinni egallaydi. Bir bo‘lakli sodda gaplarni fe’l kesimdan so‘roq
berish orqali ikki bo‘lakli va ko‘p bo‘lakli sodda gaplarga aylantirish
(masalan,
Boraman
–
Men boraman
–
Men bugun qishloqqa boraman
–
Men bugun buvimni ko‘rgani qishloqqa boraman
kabi), gaplarda
tuslangan fe’larni tuslanmagan fe’llar bilan almashtirish (masalan,
Yozgi ta’til boshlandi va biz sayohatga chiqdi
–
Yozgi ta’til
179
boshlangach, biz sayohatga chiqdik;
К
arim xatni oldi va diqqat bilan
o‘qid
–
К
arim xatni olib, diqqat bilan o‘qidi
kabi) harakat iomlari
ishtirokida gaplar tuzish va matn yaratish, gaplarni harakat nomi
birikmalariga, bunday birikmalarni gaplarga aylantirish (masalan,
Hamma biladiki, haqiqat tantana qiladi
–
Haqiqatning tantana qilishini
hamma biladi
kabi) berilgan fe’l juftlarini bog‘lovchilar yoki ohang
yordamida bog‘lab gap tuzish, bu fe’llarni hosil qilingan gaplar
tarkibida bir-biri bilan yana qay usul bilan bog‘lash mumkinligini
aniqlash, gaplarni kengaytirish va toraytirish singari amaliy ishlar
o‘quvchilarda faqat morfologik malakalarnigina emas, balki sintaktik
malakalarni ham rivojlantirishga yordam beradi.
«Fe’l» so‘z turkumini o‘qitishda DTSning muhim talablari (o‘qish
texnikasi; o‘zgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi; fikrni
yozma shaklda bayon etish malakasi)ga amal qilinadi. Mazkur so‘z
turkumini o‘qitishda har bir o‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq
holda bu talablar amalga oshiriladi. Chunonchi, o‘qish texnikasi sodda
va qo‘shma fe’llarning aytilishi ustida ishlash, nisbat qo‘shimchalarini
to‘g‘ri talaffuz etish, kengaytirilgan harakat nomi, sifatdosh,
ravishdosh birikmali gaplarni o‘qish, qo‘shma fe’llarning talaffuzi
ustida ishlash, shu so‘z turkumi bilan bog‘liq holda berilgan matnlarni
ifodali o‘qish orqali amalga oshirilsa, o‘zgalar fikri va matn
mazmunini anglash, so‘z ma’nolari ustida ishlash, berilgan fe’llarga
ma’nodoshlar topish hamda ularning har biri ishtirokida gaplar qurish,
matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan so‘zlash, reja tuzish singarilar
orqali qo‘lga kiritiladi.
Fikrni yozma shaklda bayon qilish malakalari esa, asosan, har bir
soatlik dars mashg‘uloti davomida yoki dars oxirida matn yaratish,
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishlash orqali amalga
oshiriladi.
Fe’l yuzasidan bilimlarni xotirada tiklash maqsadida turli xil
o‘yin-topshiriqlardan foydalanish ham mumkin. Masalan, shaxs yoki
ma’lum bir hayvonning ish-harakatini ifodalovchi bir so‘zni berib,
uning ma’nodoshini topishga oid o‘yinlar ko‘zlangan maqsadni
amalga oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Masalan, ma’lum bir
180
qatordagi o‘quvchilar «Qo‘y nima qiladi?», «It nima qiladi?» singari
savollarni berib tursa, ikkinchi qatordagi o‘quvchilar tilga olinayotgan
hayvon qanday ish-harakatlarni bajara olishini sanaydilar.
Namuna:
1-qator – it nima qiladi?
2-qator – it huradi, uxlaydi, sakraydi, o‘ynaydi, tishlaydi, chopadi,
yuguradi.
«Fe’l» turkumi yuzasidan o‘quvchilarga izchil bilimlar berish
jarayonida ham asosiy e’tibor o‘quvchilarning so‘z boyligini
oshirishga qaratiladi. Fe’llardan foydalanishda o‘quvchilar nutqining
rang-barangligiga erishish maqsadida ish-harakatni ifodalovchi
ma’lum bir umumiste’mol so‘zni shu ma’noni ifodalovchi badiiy
bo‘yoqdor so‘zlar bilan almashtirish, berilgan frazeologik birliklarni
ish-harakatni ifodalovchi so‘zlar bilan almashtirish yoki ish-harakatni
ifodalovchi so‘zlarni frazeologik birliklar bilan almashtirish kabi
ijodiy-amaliy mustaqil ishlardan foydalanish davom ettiriladi. Quyida
o‘quvchilar nutqini fe’l sinonimlar bilan boyitishga xizmat qiladigan
o‘yin-topshiriqlardan ayrim namunalar keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: |