Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Teskari  ma’nosini top»



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Teskari 
ma’nosini top»
o‘yinidan foydalansa bo‘ladi. Bellashayotgan 
qatorlarga 
kelmoq, yurmoq, ichmoq, kulmoq, maqtamoq, uyg‘onmoq, 
bermoq, ketmoq 
so‘zlari beriladi. Har bir guruh shu berilgan 
so‘zlardan qarama-qarshi ma’nolari (masalan, 
kelmoq

ketmoq, 
yurmoq

o‘tirmoq, echmoq

bog‘lamoq, kulmoq

yig‘lamoq, maqta-
moq

qarg‘amoq, uyg‘onmoq

uxlamoq)
topishadi. Berilgan so‘zlar-
ning barchasiga qarama-qarshi ma’noli so‘z topib, ularning har birini 
yana ma’nodoshlari bilan almashtira olgan guruh g‘olib sanaladi. 
«Bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar» o‘rganilayotganida ham xuddi 
shunday o‘yin-topshiriqlardan foydalanish mumkin. O‘quvchilarga 
avvalo tasdiq ma’nosini ifodalovchi fe’llarga misollar topish, keyin 
ularni inkor ma’nosini ifodalovchi so‘zlarga aylantirish va shundan 
so‘ng ularning har biriga ma’nodoshlar topish topshiriladi. Namuna



182
«Tasdiqmi yoki inkormi
» o‘yini. Bu o‘yinda o‘qituvchi 
o‘quvchilarga mustaqil tarzda harakatning tasdig‘i yoki inkorini 
bildiruvchi fe’llar yozishni topshiradi. Sinf ikki guruhga ajratilib,
1-guruhdagilar bo‘lishli, 2-guruhdagilar bo‘lishsiz shakldagi fe’llarni 
yozadilar. Belgilangan vaqtda mavzuga mos eng ko‘p namuna yozib
ularning ma’nodoshlarini topa olgan guruh o‘yin g‘olibi bo‘ladi. 
«Sifatdosh» o‘rganilayotganda o‘quvchilar 
o‘qigan bola, 
o‘qiydigan bola, o‘qiyotgan bola
singari so‘z birikmalari ustida 
ishlashlari, o‘rni kelganda bu birikmalarni shu ma’noni ifodalovchi 
boshqa birikmalar bilan almashtirishlari mumkin.
O‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitishda berilgan 
qo‘shimchalar yordamida fe’llar hosil qilish, ko‘makchi fe’llarni 
berib, ular ishtirokidagi yetakchi+ko‘makchi fe’l ifodalarini yozish, 
to‘liqsiz fe’llarni shaxslar bo‘yicha o‘zgartirish yoki ularning boshqa 
so‘zlar bilan birikishiga oid namunalar topish yuzasidan guruhlar 
bellashishlarini tashkil etish mumkin.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin