Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«So‘zdan guldasta tuz»
o‘yini. Bu o‘yinda o‘quvchilarga ot, 
olmosh yoki sifatdosh bilan ifodalangan ma’lum bir so‘z beriladi-da
shu so‘zlar bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan ko‘makchilardan 
guldasta tuzish talab etiladi. 
Namuna: 
paxtazor 
biz 
shunga 
sari 
tomon 
bo‘yicha 
bo‘ylab 
orqali 
bilan 
uzra 
ichra 
tufayli 
uchun
kabi 
tomon 
bilan
orqali 
singari 
yarasha 
qadar 
qaramasdan 
doir 
muvofiq 
binoan
qarab 
qaramay 
 
«Ma’nodoshlar mashvarati
» o‘yini. O‘qituvchi har bir guruhga
muayyan ko‘makchilar qo‘llanilgan gaplarni berib, birinchi navbatda 
ajratilgan so‘zning (ko‘makchining) ma’nodoshlarini, keyingi 


228
bosqichda gapdagi barcha so‘zlarning ma’nodoshlarini topishni 
topshiradi. Bellashayotgan guruhlardan qaysi biri topshiriqni tez va 
to‘g‘ri bajarsa, shu guruh rag‘batlantiriladi. 
Bog‘lovchilarni o‘rganishda ham so‘z boyligini oshirish va 
nutqini rivojlantirish asosiy talab hisoblanadi. Shuning uchun 
yordamchi so‘zlarning bu guruhlarini o‘rganish jarayonida tashkil 
etiladigan o‘yinlar, avvalo, shu maqsadga bo‘ysundirilmog‘i kerak. 
O‘quvchilar bog‘lovchilarning gapdagi vazifasini sharhlash, yakka 
holda qo‘llaniladigan bog‘lovchilarni va takrorlangan holda 
qo‘llaniladigan bog‘lovchilarni alohida-alohida ro‘yxat qilish, ularni 
teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga ajratish, teng bog‘lovchilarni, 
o‘z navbatida, biriktiruvchi bog‘lovchilar, zidlov bog‘lovchilari, 
ayiruv bog‘lovchilari kabi guruhlarga ajratish, sinonim bog‘lovchilar 
ro‘yxatini tuzish singari topshiriqlar yuzasidan o‘zaro bellashishlari 
mumkin. 
Ma’lumki, mustaqil so‘zlar va gaplarga qo‘shimcha ma’no 
beradigan yordamchi so‘zlarning yana bir guruhi yuklamalardir. 
Yuklamalar
ni o‘rganishda ularni ma’no guruhlariga ajratish, har bir 
ma’no guruhiga mansub yuklamalarning ma’no nozikligini sharhlash, 
yuklamalarni ularning ma’nodoshlari bilan almashtirish kabi masalalar 
yuzasidan o‘quvchilar o‘zaro musobaqalashishlari mumkin.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin