237
SO‘Z TAR
К
IBI BO‘YICHA TAHLIL
So‘z tarkibi bo‘yicha tahlil morfologik tahlilning bir ko‘rinishi
bo‘lib, u o‘z ichiga bir qancha mavzularni oladi: so‘zning asosi,
qo‘shimcha, qo‘shimchalarning ma’no va vazifasiga ko‘ra turlari (so‘z
yasovchilar, shakl yasovchilar); sodda, qo‘shma, juft so‘zlar va
boshqalar.
So‘z tarkibi bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlil so‘zdagi ikki qismni–
so‘zning asosiy ma’nosini anglatuvchi qismni,
shuningdek, so‘zning
grammatik ma’nosini anglatuvchi qismni ajratishdan boshlanadi.
So‘zning asosiy ma’nosini anglatuvchi qismni ajratishda quyidagi
holatlar hisobga olinadi: so‘zning tarkibidagi tarixiy holat va so‘zning
tarkibidagi hozirgi holat. Masalan,
qishloq, yaylov, og‘ayni
kabi
so‘zlar hozirgi o‘zbek adabiy tilida morfologik qismlarga ajralmaydi,
lekin bunday so‘zlar tarixiy jihatdan qismlarga ajralgan. Demak,
so‘zni ma’noli qismlarga ajratishda
etimologik jihatdan
yondashmaslik kerak.
Berilgan gapdagi so‘zlarni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratishda
aniq, yaqqol ko‘rinib turadigan jadvallardan foydalanish o‘rinlidir.
Ma’lumki, o‘rta maktablarda morfologik tahlilning turli usullaridan
foydalaniladi. Biz bu o‘rinda O‘zMU professori Sh.U.Rahmatullayev
va dotsenti Yo.G‘.G‘ulomov usullaridan
foydalanish morfologik
tahlilning yagona, umumlashgan jadvalini joriy etish tarafdorimiz.
Grammatik tahlil uchun, masalan, quyidagi gap berilgan bo‘lsin:
Biz
bu kunlarga osonlik bilan yetib kelmadik
(A.Q.).
Berilgan gapdagi so‘zlar avvalo so‘z tarkibi bo‘yicha
tahlil
qilinadi. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
a) gapdagi har bir so‘zning asl ma’noli va grammatik ma’noli
qismlari ajratiladi;
b) yasalgan so‘z bo‘lsa, asos va yasovchi qo‘shimchaga ajratiladi;
v) shakl yasovchi qo‘shimchalar
aniqlanadi;
g) imlo bilan bog‘liq tomonlar izohlanadi.
So‘zni ma’noli qismlarga ajratishda vertikal chiziqlardan
foydalaniladi: