Ona tili o‘qitish metodiкasi


So‘z birikmasini o‘qitish metodikasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

So‘z birikmasini o‘qitish metodikasi
. O‘quvchilar 5-sinfda so‘z 
birikmasi xususida dastlabki ma’lumotlarni egallaganlar. Ular ixcham 
gaplardan sodda yoyiq gaplar hosil qilish, berilgan so‘z birikmalarida 
hokim va tobe so‘zni aniqlash, hokim so‘zlarga so‘roq berish orqali 
tobe so‘z topib qo‘yish singari topshiriqlarni bajara oladilar. 
8-sinfda so‘z birikmasini o‘rganishga qadar ular kengayuvchi va 
kengaytiruvchi so‘zlar birgalikda so‘z birikmalarini tashkil etishini, 
so‘z birikmalaridagi kengaytiruvchi so‘z–tobe so‘z, kengayuvchi 
so‘z–hokim so‘z ekanligini o‘rganganlar. 
8-sinfda «So‘z birikmasi» mavzusini o‘rganish berilgan so‘z 
birikmalarida (masalan, 
katta kuch, tunda kelmoq, ikki yil, tez 
gapirmoq, Tursunboyning basharasi, kitobdan ko‘chirmoq 
va h.k.) 
ajratilgan hokim so‘zdan tobe so‘zga so‘roq berib, so‘z birikmalarini: 
1) aniqlovchili birikmalar; 


265
2) to‘ldiruvchili birikmalar; 
3) holli birikmalar kabi uch guruhga ajratish, ularni fe’lli 
birikmalar va otli (sonli, sifatli, olmoshli, ravishli) birikmalar kabi 
guruhlarga ajratish, berilgan matnlarda tobe so‘z qaysi hokim so‘zni 
kengaytirib, u bilan birga so‘z birikmasi hosil qilishini aniqlash, tobe 
so‘zning o‘rnini aniqlash singari ijodiy-amaliy ishlar bilan 
shug‘ullanadilar. 
O‘quvchilar kuzatish va egallangan bilimlarga asoslangan holda 
so‘z birikmalarida tobe so‘z hamisha hokim so‘zdan oldin kelishi 
xususida umumlashma hosil qiladilar. 
«So‘z birikmasi» mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar so‘z 
birikmasida so‘zlarning o‘zaro birikish usullari bilan ham 
tanishtiriladi. Berilgan so‘z birikmalari tarkibida ajratilgan 
vositalardan qaysi birlari so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga, qaysilari esa 
lug‘aviy ma’noga qo‘shimcha ma’nolar kiritishga xizmat qilishini 
bilib oladilar. 
Shundan so‘ng so‘z birikmasida tobe va hokim so‘zning o‘zaro 
bir-biri bilan bitishuv, boshqaruv va moslashuv yo‘li bilan birikishi
tobe va hokim so‘zning hech qanday qo‘shimchasiz, faqat ma’nosi va 
tobe so‘zning hokim so‘zdan oldin kelish usuli bilan bog‘lanishi 
bitishuv ekanligi; tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jo‘nalish, o‘rin-
payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida 
bog‘lanishi boshqaruv ekanligi; tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich 
kelishigi qo‘shimchasi orqali bog‘lanishi, hokim so‘zning esa egalik 
qo‘shimchalari yordamida tobe so‘zga birikishi moslashuv ekanligini 
bilib oladilar va shu yo‘nalishda bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlarni 
bajaradilar. 
Ma’lumki, o‘quvchilar so‘z birikmasini so‘zlar qo‘shilmasidan, 
so‘zdan, iboradan, tasviriy ifodadan farqlashda qiynaladilar. Shu bois, 
bularning har biriga (so‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shilmasi, so‘z 
birikmasi va so‘z va h.k.) alohida- alohida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. 
So‘z birikmasining so‘zlar qo‘shilmasidan farqini tushuntirish 
uchun ularni o‘zaro qiyoslash usulidan foydalanish maqsadga 


266
muvofiqdir. Masalan, «
К
arimjonning akasi
» so‘z birikmasini 
«
К
arimjon va akasi
» so‘zlar qo‘shilmasi bilan qiyoslash kabi. 
So‘z birikmasi va so‘zlar qo‘shilmasini o‘zaro qiyoslash 
natijasida o‘quvchilar so‘zlarning o‘zaro birikishi ikki yo‘l bilan:
1) tobelanish, bir so‘zning (tobe so‘zning) boshqa bir so‘zga–hokim 
so‘zga bo‘ysunishi orqali hamda 2) ikki so‘zning teng huquqli, biri 
ikkinchisiga buysunmay bog‘lanishini bilib oladilar. 
Mazkur mavzu o‘rganilayotganda o‘quvchilar e’tibori so‘zlarning 
tobe aloqa asosida bog‘lanishi, so‘z birikmalari hosil qilishi, so‘z 
birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay, bitta 
narsani nomlab kelishi (

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin