Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

opamning kitobi 
– bitta kitobni atab kelyapti); 
so‘zlarning teng huquqli bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qilishi, 
so‘z qo‘shilmalarida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida 
narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qolishi (
opam va kitob
)ga 
qaratiladi. 
Ma’lumki, so‘z qo‘shilmalarida so‘zlar turli vositalar yordamida 
bog‘lanishi mumkin. Chunonchi, ohang 
(yozuvda vergul), -u, -yu, 
yoki, ba’zan-ba’zan, na-na, balki, nafaqat, ham-ham, hamda 
bog‘lovchilari shular jumlasidandir. O‘quvchilarga ana shu vositalar 
bilan bog‘langan so‘z qo‘shilmalarini berib, ulardan so‘zlar o‘zaro 
qanday birlashayotganligini aytib berishni talab qilish, bog‘lanish 
vositalariga qarab guruhlarga ajratish, hosil bo‘lgan guruhlarni 
mustaqil davom ettirish, ular ishtirokida gaplar hosil qilishni talab 
qilish foydalidir. 
So‘z birikmasining so‘zdan farqini aniqlashda kuzatish, qiyoslash, 
mushohada qilish singari usullardan foydalaniladi. Masalan, 
onamning 
akalari

amakim, urg‘ochi ot

baytal, kimyoviy tajribaxona

laboratoriya, hisoblash mashinasi
– 
kompyuter 
singari so‘z birikmasi 
va so‘zlar o‘zaro qiyoslangach, o‘qituvchi ularning o‘zlariga bu haqda 
mustaqil xulosa chiqarishni topshiradi. Shundan so‘ng berilgan so‘z 
birikmalarini so‘zlar bilan almashtirish, ularni o‘zaro qiyoslab, ma’no 
farqini aniqlash, berilgan so‘zlarga ularning ma’noviy 
qiymatdoshlarini topib qo‘yish singari ijodiy-amaliy ishlar bajariladi. 


267
«So‘z birikmasi va ibora», «So‘z birikmasi va tasviriy ifoda» 
mavzularini o‘rganishda ham bu har ikki til hodisasining ma’noviy 
farqini aniqlashda qiyoslash usuli qo‘l keladi. Mazkur mavzularni 
o‘rganishda o‘quvchilarga gap juftlarini berib, ajratilgan so‘z 
birikmalarining ma’nolarini qiyoslash (
Yigit oqimga qarshi suzib, 
ariqning boshiga yetdi –Qo‘rsligi, bema’ni katta gaplari axir uning 
boshiga yetdi), 
ibora va so‘z birikmasi orasidagi o‘xshashlik va 
farqlarni aniqlash, berilgan birikmalarning har birini erkin birikma va 
ibora sifatida qo‘llab, gaplar tuzish singari ijodiy-amaliy 
topshiriqlardan foydalaniladi. Bu amaliy ishlar turg‘un birikmalarda 
ma’noning yaxlit, ajralmas ekanligi, ularda tobe hamda hokim 
so‘zlarni bemalol almashtirish mumkin emasligini anglash imkonini 
beradi. 
Tasviriy ifodalarning so‘z birikmalarga shaklan o‘xshashligi ko‘p 
hollarda ularni farqlashga mone’lik qiladi. Shuning uchun bu mavzuni 
o‘rganishda so‘zlarni tasviriy ifodalar bilan almashtirish (masalan, 
televizor – oynai jahon, paxta – oq oltin, rassom – mo‘yqalam sohibi, 
neft – qora oltin, samolyot – po‘lat qush
va h.k.), berilgan matnda 
ajratilgan har bir so‘zni uning qiymatdoshi bilan almashtirish singari 
ijodiy - amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin. 
So‘z birikmasining qo‘shma so‘zlardan farqi ham o‘quvchilar 
uchun ancha murakkablik tug‘dirayotgan masalalardan biridir. Bu 
mavzuni o‘rganishda berilgan gap juftlari yoki qo‘shma so‘z va so‘z 
birikmalari qatorini o‘zaro qiyoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini 
aniqlash, ular ishtirokida gaplar tuzish, berilgan qo‘shma so‘z va so‘z 
birikmalari qatorini mustaqil davom ettirish, qo‘shma so‘z qanday 
hosil bo‘lganligini aniqlash singari amaliy topshiriqlardan foydalanish 
mumkin. 
Darsning oxirida o‘quvchilar so‘z birikmasi qo‘shma so‘zga 
aylanganda so‘z birikmasi tarkibidagi aloqa-munosabat shakli 
qo‘shimchalari yo tamoman tushib qolishi (masalan, 
boshog‘riq – 
bosh og‘rig‘i, suvo‘t – suv o‘ti, bo‘rikalla – bo‘ri kallasi
va h.k.) yoki 
o‘z ma’no va vazifasini tamoman yo‘qotishi (
kungaboqar, iskabtopar, 
chamandagul, betgachopar
va h.k.) bilib oladilar. 


268
So‘z birikmalarini o‘rganish so‘z birikmalari zanjirini o‘rganish 
bilan yakunlanadi. O‘quvchilar berilgan so‘z birikmalari juftlarini 
birlashtirish (mas., o‘zbek xalqi va qoraqalpoq xalqi, o‘zbek tili va 
o‘zbek adabiyoti va h.k.) va shunga o‘xshash bir qator ijodiy-amaliy 
topshiriqlar bajarilgach, «So‘z birikmalari zanjiri qanday hosil 
bo‘ladi?» degan savol o‘rtaga tashlanadi. Bu ularni bir so‘z 
birikmasidagi hokim so‘zning boshqa bir so‘zga tobelanishiga hamda 
bir hokim so‘z bir necha tobe so‘z yoki bitta tobe so‘z bir necha 
hokim so‘zga aloqador bo‘lgan hollarda ularni birlashtirish usullari 
bilan so‘z birikmalari zanjiri hosil bo‘ladi, degan xulosaga olib keladi. 
So‘z birikmasi va gapning o‘zaro farqi ham qiyoslash asosida 
tushuntiriladi. Masalan, 
qiziqarli mashg‘ulot – Mashg‘ulot 
qiziqarlidir, oydin kecha – 
К
echa oydindir
va h.k. tipidagi so‘z 
birikmasi va gap qiyoslangach, ularning farqi so‘raladi hamda 
kesimning qay biriga xosligi aniqlanadi. Shundan so‘ng berilgan so‘z 
juftlaridan so‘z birikmalari tuzib, ular ishtirokida gaplar tuzish, so‘z 
birikmalaridan gaplar, gaplardan so‘z birikmalari hosil qilish singari 
ijodiy-amaliy ishlar bajariladi. Dars oxirida o‘quvchilar so‘z birikmasi 
biror narsa, belgi, harakat yoki holatga muayyanlashtirgan holda atab 
kelishi, gap esa kesim markazida tashkil topib, fikrni, hukmni, tasdiq 
yoki inkorni ifodalab kelishini, uning markazi kesim ekanligini, 
gaplarning kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligini bilib 
oladilar. 
Shunday qilib, maktabda so‘z birikmasini o‘rganish sodda gap 
sintaksisini o‘rganish uchun moddiy zamin hozirlaydi. 
«Sintaksis»ni o‘rganishda so‘z birikmalari ustida ishlash katta 
o‘rin egallaydi. O‘quvchilarni so‘z birikmalari bilan tanishtirish
8-sinfda nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ammo bu masala bilan ular ancha 
oldin – boshlang‘ich sinfdan va keyinchalik ona tilining izchil kursida 
fonetika, leksikologiya hamda morfologiyani o‘rganishda tanish-
ganlar. Bu o‘rganilgan materiallar so‘z birikmalarini o‘rganishda 
ta’limiy o‘yinlardan unumli foydalanish imkonini beradi. Mazkur 
mavzuni o‘rganishda tashkil etiladigan o‘yinlar so‘z birikmasining 
so‘zlar qo‘shilmasidan farqini aniqlash, berilgan so‘zlardan so‘z 


269
birikmalari hosil qilish (masalan, 
inson, qo‘l, mashina, boshqar – 
insonning qo‘li, mashinani boshqarmoq
), so‘zlarga so‘roq berib, javob 
asosida ularni kengaytirish (masalan, 
qayerga bormoq? –adirga 
bormoq, nima qilmoq? –lola termoq, kimlar bilan bormoq –
sinfdoshlar bilan bormoq 
va h.k.) so‘z birikmasidagi hokim va tobe 
so‘zni bir-biridan ajratish, tobe so‘zning hokim so‘zga bog‘lanish 
vositalarini aniqlash, so‘z birikmalarini kelishikli birikmalar, 
ko‘makchili birikmalar, qo‘shimchasiz birikmalarga ajratish, turli 
tipdagi so‘z birikmalarining ma’nolari ustida ishlash kabilarga 
qaratilgan bo‘lishi lozim.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin