273
8-sinfda, dastur talabiga ko‘ra, o‘quvchilarni «Yoyiq atov so‘z va
gaplar», «Gapda uyushiq bo‘laklar, ularda ohang va tinish belgilari»,
«Gapda ajratilgan izoh bo‘laklar», «Gapda undalma» va «To‘liqsiz
gaplar» singari mavzular bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur mavzularni o‘tishda yoyiq atov gaplar va yoyiq so‘z-
gaplar ustida ishlash, ixcham atov gaplarni yoyiq atov gaplarga
aylantirish; uyushiq bo‘lak haqida umumiy
tushuncha hosil qilish,
uyushiq bo‘laklar va so‘z qo‘shilmalari, uyushiq bo‘lakli gaplarda
ohang va ularning teng bog‘lovchilar bilan bog‘lanishi, uyushgan
egali, holli, to‘ldiruvchili va aniqlovchili gaplar tuzish, kesimning
uyushishidagi
xususiyatlar, uyushiq bo‘laklarda umumlashtiruvchi
qism, kiritmalarning gap mazmuniga va gap bo‘laklariga aloqasi,
kiritmalarning so‘z, so‘z birikmasi, kengaygan birikmalar va gaplar
bilan ifodalanishi, kiritmali gaplarda
tinish belgilari va ohang;
undalma, uning sodda va murakkab turlari, undalmalarning so‘z, so‘z
birikmalari, kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi, undalma va
egani farqlash, to‘liqsiz gaplardan nutqiy
faoliyatda foydalanish
singari bir qator amaliy topshiriqlar orqali o‘quvchilarning ijodiy
fikrlashi, izlanishi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda
og‘zaki va yozma shakllarda ifodalanishi namoyon bo‘ladi.
Sodda gap sintaksisi mavzularini o‘tish jarayonida o‘quvchi-
larning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uchun quyidagi o‘yin-
topshiriqlardan foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: