Ona tili o‘qitish metodiкasi


«Gapning onasi – kesim, Ayting bu qanday tilsim



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«Gapning onasi – kesim, Ayting bu qanday tilsim
!» o‘yini. Bu 
o‘yinda sinf o‘quvchilari 3 guruhga ajratilib, 1-guruhdan faqat 
kesimdan iborat bo‘lgan gaplar (ixcham gaplar tuzish, 2-guruhdan shu 
ixcham gaplarni sodda yig‘iq gaplarga aylantirish (egasini tiklash) va 
3-guruhdan ikkinchi darajali bo‘laklardan foydalanib, shu gaplarni 
kengaytirish talab etiladi. Masalan:
 
1-guruh: Uchdilar. 
2-guruh: Qushlar uchdilar. 
3-guruh: Qushlar osmonni to‘ldirib uchdilar. 
«Savolimga javob top
» o‘yini. Bu o‘yin shartiga muvofiq 
sinfdagi ma’lum bir guruh faqat so‘roqlardan iborat gaplar tuzadi,


274
2-guruh esa shu so‘roqlar o‘rniga so‘zlar topib qo‘yadi. Masalan,
1-guruh: 
Qachon kim qanday oilada tug‘ilgan?,
2-guruh: 
Alisher 
Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida saroy amaldori oilasida 
tug‘ilgan. 
O‘yinda o‘rni bilan savol berish va javob qaytarish navbati 
almashtiriladi. 
«Topag‘on
» o‘yini. Bu o‘yinni partada o‘tirgan ikki o‘quvchi 
yoki guruhlar o‘rtasida tashkil etish mumkin. Ma’lum bir o‘quvchi 
yoki guruh muayyan so‘zni aytadi, ikkinchi o‘quvchi yoki guruh shu 
so‘z yordamida undalmali gaplar hosil qiladi. 
Namuna: 
1-o‘quvchi (guruh): Quyosh. 
2-o‘quvchi (guruh): Quyosh, nuring to‘kaver mo‘l-mo‘l (O.) 
1-o‘quvchi (guruh): Bahor. 
2-o‘quvchi (guruh): Bahor, ketma bizning bog‘lardan (O.) 
Bir necha gaplar aytilgach, o‘rinlar almashtiriladi. 
«Undalmali so‘zni ma’nodoshi bilan almashtirish
» o‘yini. Bu 
topshiriq shartiga ko‘ra o‘qituvchi sinf o‘quvchilariga berilgan 
gapdagi undalmani uning ma’nodoshi bilan almashtirishni topshiradi. 
O‘zaro bellashayotgan guruhlardan qaysi biri undalmaning ko‘p 
ma’nodoshini ro‘yxat qila olsa, shu guruh g‘olib bo‘ladi. 
Namuna:
Ollohim, Ona yurtimga mustaqillik baxtini in’om 
etganing uchun qarshingda ta’zimdaman. Xudoyim, Ona yurtimga 
mustaqillik baxtini in’om etganing uchun qarshingda ta’zimdaman. 
Tangrim, Ona yurtimga mustaqillik baxtini in’om etganing uchun 
qarshingda ta’zimdaman. Yaratgan egam, Ona yurtimga mustaqillik 
baxtini in’om etganing uchun qarshingda ta’zimdaman. 
Parvardigorim, Ona yurtimga mustaqillik baxtini in’om etganing 
uchun qarshingda ta’zimdaman. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin