275
Namuna:
1. Bog‘dan ra’nogul terdik __ __ __ __ __ __
Bog‘dan ra’nogul, atirgul, chinnigul, safsargul terdik.
2. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklardan isiriq o‘sadi __ __ __ __
O‘zbekistonda dorivor o‘simliklardan isiriq, zira, sachratqi,
bangidevona, qora zirk o‘sadi.
«Bir bosh bo‘lakli gaplar» o‘rganilar ekan,
egasi tushib qolgan,
lekin gapning mazmunidan uni tiklash mumkin bo‘lgan sodda yoyiq
gaplar ustida ish olib borish ancha samarali ish usullardan biri bo‘lib
sanaladi. Agar o‘quvchilarga
«Natriy bilan xlorning birikishidan osh
tuzi hosil bo‘lishini qanday aniqladingiz?», «Yerdan Quyoshgacha
bo‘lgan masofa 149 500 000 kilometrga tengligini bilasizmi?»,
«Mirzo Ulug‘bek 1018 yulduz harakatini o‘rganganligini kitobdan
o‘qidim»
kabi gaplar berilgan bo‘lsa, ular gapning bajaruvchisini
aniqlashadi ega va kesimning shaxs-sonda
moslashishi borasidagi
bilimlarni mustahkamlaydilar.
«Maqol bilgan dar qolmas
» o‘yini. Bu o‘yinda sinf o‘quvchilari
ikki guruhga bo‘linib musobaqalashishadi
va belgilangan vaqtda va
mavzuga mos maqollardan to‘g‘ri tanlab yozilgan o‘quvchi yoki
guruh o‘yin g‘olibi bo‘ladi.
Namuna:
1-guruh:
Gapga shoshilma, ishga shoshil!
Sanamay sakkiz dema!
So‘zlamasdan o‘ylab ol!
2-guruh
:
Oz so‘zla, ko‘p tingla!
Jasur bo‘lsang, yov qaytar!
Qish g‘amini yozda ye!
«Atov gaplar»ni o‘rganishda ham «
Dostları ilə paylaş: