282
D. Bog‘imizda anor, olma, nok kabi turli mevali daraxtlar ko‘p;
biz ularni parvarish qilamiz.
2. Berilgan qo‘shma gaplarning qaysi birida ikki nuqta no-
to‘g‘ri qo‘llanilgan?
A. Bugun havo ochiq: derazalarni lang ochib qo‘ysa ham bo‘ladi.
B. Vaqting ketdi: baxting ketdi (Maqol).
V. Yomg‘ir yog‘di: hamma tarqaldi.
G. Dengiz sokin: atrof yaqqol ko‘rinar edi (H.G‘.).
D. Tong otdi: biz yo‘lga otlandik.
O‘qituvchi qo‘shma gap turlarini o‘rgatish jarayonida ham,
undan
keyin ham gap sinonimiyasi ustida ishlashni unutmasligi lozim. Shu
bois, qo‘shma gaplarning barcha turlari o‘rganilgandan so‘ng
«Qo‘shma gaplarda ma’nodoshlik» mavzusini o‘rganish ma’qul.
O‘quvchilar bu dars mashg‘ulotida dastlab mazmunan bir-biriga yaqin
bo‘lgan, ammo bog‘lanish vositalari jihatidan bir-biridan farq
qiladigan qo‘shma gaplarni o‘zaro qiyoslab, ularning o‘xshashlik va
farqli
tomonlari ustida ishlaydilar, hamda «Bahor keldi, borliq
yashnab ketdi»,– «Bahor keldi va borliq yashnab ketdi»,– «Bahor
keldi, shuning uchun borliq yashnab ketdi» tipidagi gaplarning o‘zaro
ma’nodosh ekanligini isbotlaydilar.
Darsning keyingi bosqichlarida o‘quvchilar berilgan sodda gap
juftlarini o‘zaro bog‘lovchilar va ohang vositasida bog‘lab, ma’nodosh
qo‘shma gaplar
hosil qiladilar; bog‘lovchilar va yuklamalar vositasida
bog‘langan qo‘shma gaplarni ohang vositasida bog‘langan qo‘shma
gaplarga (va aksincha) aylantirish singari ijodiy- amaliy topshiriqlarni
bajaradilar.
«Qo‘shma gap» bo‘limini o‘rganishda
matnni tahrir qilish,
boshlanish qismi berilgan matnni mazmunan davom ettirish, matn
yaratish kabilarga alohida e’tibor qaratiladi.
9-sinfning oxirida o‘quvchilarga murakkab sintaktik butunliklar
xususida ham ma’lumot beriladi. O‘quvchilar
gapning ifoda
maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq gaplar) ritorik so‘roq
gaplar, ularda tinish belgilari va ohang, ko‘chirma gapli qurilmalar
bilan tanishtiriladi.
283
Shunday qilib, «Sintaksis. Ohang va tinish belgilari» bo‘limini
yuqorida belgilangan tartib asosida o‘rgatish «O‘zbek
maktablarida
ona tili o‘qitish konsepsiyasi»da belgilangan maqsad–ta’lim oluvchida
ijodiylik, mustaqil fikrlash malakalarini chuqurlashtirib,
ijodiy fikr
mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda
to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga va
rivojlantirishga muvofiq keladi.
Dostları ilə paylaş: