Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

SINTA
К
TI
К
 TAHLIL
 
Tayanch tushunchalar:
Grammatik tahlil, sintaktik tahlil, morfologik tahlil, sodda gap 
bo‘yicha sintaktik tahlil, qo‘shma gap bo‘yicha sintaktik tahlil, 
tahlilda sodda gap va qo‘shma gaplarni farqlash va izohlash,
tahlilda qo‘shma gapning turlarini aniqlash va izohlash. 
Sintaktik tahlil grammatik tahlilning tarkibiy qismidir. Grammatik 
tahlilning bir qismi–morfologik tahlil o‘tkazish usuli yuqorida 
ko‘rsatildi. Har ikkala tahlil usuli bir-biri bilan bog‘lanadi, biri 


285
ikkinchisini to‘ldiradi, aniqlaydi. Chunki grammatika morfologiya va 
sintaksisni o‘z ichiga oladi. Morfologiya so‘zning strukturasini
so‘zning nutqda o‘zgarish qoidalarini, so‘zlarning turkumlanishini 
o‘rgansa, sintaksis so‘z birikmasida va gapda so‘zlarning birikish 
yo‘llarini, gap tuzilishini, tiplarini, gapning bo‘laklarga ajratilishini 
o‘rganadi. 
К
o‘rinadiki, grammatikaning teng huquqli, mustaqil 
qismlari bo‘lgan morfologiya va sintaksis biri ikkinchisi bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Sintaktik tahlil so‘z birikmasi, gap va gap bo‘laklari bo‘yicha 
o‘tkaziladi. Tinish belgilarini qo‘llash gap qurilishi bilan aloqador 
bo‘lgani uchun sintaktik tahlilda tinish belgilarining vazifalari ham 
ko‘rsatib o‘tiladi. 
Tahlil uchun ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko‘ra turlicha bo‘lgan 
gaplar berilishi mumkin. Gaplarning avvalo tuzilishiga ko‘ra sodda 
yoki qo‘shma gaplar ekanligini, ifoda maqsadiga ko‘ra darak, so‘roq, 
buyruq gap ekanligini aniqlab olish gaplarni to‘liq sintaktik tahlil 
qilishning to‘g‘ri olib borilishini ta’minlaydi. Masalan, berilgan gap 
qo‘shma gap bo‘lsa, unda ikki va undan ortiq kesim bo‘ladi (uyushgan 
kesim bunga kirmaydi), ko‘pincha ikki ega mavjud bo‘ladi, 
bog‘lovchilar va ohang sodda gaplar (sodda gap qismlari)ni 
bog‘lashga xizmat qilgan bo‘ladi; agar berilgan gap sodda gap bo‘lsa, 
birgina fikr markazi mavjud bo‘ladi, kesim ham birgina bo‘ladi 
(uyushiq kesim bundan mustasno) va hokazo. 
Tahlil uchun berilgan gap ifoda maqsadiga ko‘ra buyruq yoki 
so‘roq gaplar bo‘lsa, shuningdek, she’riy parcha bo‘lsa, ularda gap 
bo‘laklarining tartibi o‘zgargan bo‘lishi mumkin, ikkinchi darajali 
bo‘laklar (ayniqsa, to‘ldiruvchi va aniqlovchi) belgisiz qo‘llangan 
bo‘lishi ham mumkin, tinish belgilarini qo‘llashda ham o‘ziga xos 
xususiyatlar bo‘ladi. 
Shunday qilib, berilgan gapni ifoda maqsadiga va tuzilishiga 
ko‘ra turini avvalo, aniqlab olish uni so‘z birikmasi bo‘yicha, gap 
bo‘laklari bo‘yicha tahlil qilishni aniqlab beradi, osonlashtiradi. 
Shuningdek, gaplarning his-hayajonining ishtirokiga ko‘ra turini ham 
aniqlab olish kerak. 


286
Demak, berilgan gap avvalo uch nuqtayi nazardan aniqlab olinadi: 
1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi. 
2. Gapning tuzilishiga ko‘ra turi. 
3. His-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turi.
Sintaktik tahlil mazmuniga ko‘ra 3 xil bo‘ladi: 
a) gapda so‘zlarning bog‘lanishi (so‘z birikmalari); 
b) sodda gap qurilishi; 
v) qo‘shma gap qurilishi. 
1. Gapda so‘zlarning bog‘lanishiga oid tahlilda: 
a) teng va tobe bog‘lanish; 
b) ergash bog‘lanishning turlari (moslashuv, boshqaruv, 
bitishuv); 
v) ergash bog‘lanishni hosil qiluvchi vositalar (so‘z 
shakllari, ko‘makchilar, so‘z tartibi, ohang) aniqlanadi. 
2. Sodda gap qurilishi bo‘yicha: 
a) gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi; 
b) gapning tuzilishiga ko‘ra turi; yoyiq yoki yig‘iq gapligi; 
v) bir bosh bo‘lakli yoki ikki bosh bo‘lakli gapligi; to‘liq va 
to‘liqsiz gap ekanligi; 
g) gap bo‘laklari va ularning ifodalanishi aniqlanadi.
Bundan keyin ayrim gap bo‘lagi olinib, ma’nosi, ifodalanishi
tuzilishi, xarakteri, qaysi gap bo‘lagiga bog‘lanayotgani va qanday 
so‘roqqa javob bo‘lishi tahlil qilinadi. (Qo‘shma gaplarni tahlil qilish 
usuli haqida keyinroq to‘xtalamiz). 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin