306
insho, bayon yozishdan oldingi jarayon ichki nutq namunasidir.
Tashqi nutq boshqalarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo‘lgan
faol nutq bo‘lib, u og‘zaki va yozma shakllarga ega.
Og‘zaki nutq
odatdagi tovushli so‘zlashuv nutqi bo‘lib,
bu nutq
ko‘proq ohang va turli imo-ishoralar bilan aloqadordir. Unda
murakkab grammatik qurilmalardan deyarli foydalanilmaydi.
O‘quvchi og‘zaki nutqda ko‘proq sodda gaplarni qo‘llaydi: u o‘z
suhbatdoshiga nimanidir ko‘rsatishi, mantiqiy urg‘udan foydalanib,
ma’lum bir so‘zni alohida ta’kidlashi,
nimanidir mimika, qo‘l, ko‘z,
bosh harakati bilan anglatishi mumkin. Og‘zaki nutqda fikrni ixcham
ifodalash maqsadida to‘liqsiz gaplardan foydalaniladi.
Nutqning bu
turi bir yoki bir necha kishi tomonidan amalga oshiriladi va monolog,
dialog va polilogik shaklda namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: