Ona tili o‘qitish metodiкasi


Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi 
ham 
unga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. O‘quvchi so‘z, so‘z 
birikmasi va gaplarni bir-biriga bog‘lash, kelishik va egalik 
qo‘shimchalarini o‘rinli qo‘llash, gapning ega va kesimini moslashtira 
bilish kabi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart. 
Nutqqa qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning 
soddaligi va 
sofligidir. 
Sodda nutq avvalo tushunarli bo‘ladi. Nutqning tushunarli 
bo‘lishi, bir tomondan, fikrni lo‘nda, aniq bayon qilish, «tushunarli 
bo‘lmagan g‘aliz jumlalardan saqlanishda namoyon» bo‘lsa, ikkinchi 
tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajalariga ham bog‘liqdir. 
Demak, o‘quvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilishi, ham o‘zgalar 
fikri mohiyatini anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 


312
Nutqning sofligi avvalo uning tozaligi demakdir. Ma’lumki, 
o‘quvchilar nutqida har xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o‘zbek 
adabiy tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar ko‘p uchraydi. Nutqni bunday 
so‘zlardan tozalab borish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy 
imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish ona tili mashg‘ulotlarining 
asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Yuqorida tilga olingan talablar bir-biri bilan o‘zaro chambarchas 
bog‘langan bo‘lib, o‘quvchi yaxshi nutqqa faqat shularning 
hammasiga amal qilish orqali erishadi. Shuning uchun ona tili 
darslarida nutqqa qo‘yilgan talabni hisobga olib, ikkinchisini unutish 
yoki bir talabni quyi sinfda, ikkinchisini keyingi sinfda qoldirish 
mumkin emas. Bu talablarga doimiy va qat’iy amal qilinsagina nutq 
o‘stirish samarali kechadi. 
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish.
Maktabda 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish murakkab jarayon bo‘lib, u 
asosan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin