Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

Badiiy tasvirda 
narsalarning hamma belgilari emas, balki muallif 
uchun muhim va aniq bo‘lganlarigina ko‘rsatiladi. Bunday tasvirda 
o‘quvchi o‘xshatish, jonlantirish kabi tasviriy vositalardan, badiiy so‘z 
va iboralardan bemalol foydalana oladi. Tasviriy insho o‘quvchi 
tomonidan yaratilgan mustaqil kichik badiiy, ijodiy asardir. 
Ona tili mashg‘ulotlarida hayotdagi narsalar, hayvonlar, voqea-
hodisalar: insonning tashqi qiyofasi, tabiat manzarasi, ma’lum bir 
joyning (mas., sinf xonasi, darsxona va h.k.) tasviri yaratilishi 
mumkin. 
Hayotdagi alohida narsalarni tasvirlash. 
Turmushdagi alohida 
narsalarni og‘zaki tasvirlash maktabgacha davrda shakllana boshlaydi. 
Bu muhim ish boshlang‘ich sinflarda ham amalga oshiriladi va ona 
tilining izchil kursini o‘rganish jarayonida davom ettiriladi. 
O‘quvchilar ona tili mashg‘ulotlarida hayotdagi istagan bir 
narsani (masalan,kitob, kundalik, yozuv stoli, deraza, chizg‘ich, 
chinor, dastro‘mol) oddiy, ilmiy va badiiy tasvirini yaratishlari 
mumkin. 
Narsalarning tasvirini yaratishda natyurmortlar, ularning asl 
shaklidan unumli foydalansa bo‘ladi. 
Hayvonlarning tasvirini yaratish. 
Ma’lumki, o‘quvchilar 
hayvonlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Shuning uchun ular hayvonlar 


325
haqida fikr yuritishni, ular haqida og‘zaki va yozma insholar 
yaratishga juda qiziqadilar. 
Inshoning bu turi avvalo tasvirlanayotgan hayvon haqida etarli 
tasavvurga ega bo‘lishni, uning qayerda yashashi, tuzilishi, rangi, 
harakatlari, nimalar bilan ovqatlanishi kabilarni bilishni talab etadi. 
Ayniqsa, o‘quvchi o‘zi ko‘rgan, kuzatgan hayvonlarni tasvirlashni 
xush ko‘radi. 
Bino tasviri. 
Bino tasviri kuzatish asosida yaratiladi va uning 
oddiy, ilmiy va badiiy shakllari mavjud. Binoning oddiy tasviri 
axborot tarzida bo‘lib, asosan, uning hajmi, yorug‘lik darajasi, 
balandligi, uy jihozlari va ularning joylashtirilishi kabilar ko‘rsatiladi. 
Ilmiy tasvirda bu belgilar ilmiy nuqtayi nazardan o‘z ifodasini topadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin