Ona tili o‘qitish metodiкasi


O‘quvchilarni hisobot yozishga o‘rgatish



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

O‘quvchilarni hisobot yozishga o‘rgatish
. Hisobot shaxsning 
muayyan vaqt ichida berilgan ishlar, vazifalar, topshiriqlarni 
bajarganligi to‘g‘risidagi o‘gzaki yoki yozma rasmiy axboroti 
hisoblanadi. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni ish qog‘oz-
larining bu muhim turiga o‘rgatish ular nutqining rivojlanishiga 
samarali ta’sir ko‘rsatadi. 
Hisobot matni topshirilgan ish, vazifa, topshiriqning mazmuni, 
uni bajarishda nimalarga e’tibor berilganligi, qanday yetish-
movchiliklar bo‘lganligi, qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida 
belgilangan tadbirlar, taklif va mulohazalar kabilarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Topshiriq bajarilmagan taqdirda uning sabablari 
ko‘rsatilishi kerak. 
O‘quvchilar orasida maktab hayotiga oid hisobotlardan keng 
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ular sinf rahbari tomonidan berilgan 
vaqtincha topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan hisobot, ma’lum bir 
tekshirish natijalari yuzasidan hisobot kabilar bo‘lishi mumkin. 
Shunday qilib, ona tili darslarida ijodiy yozma matn ustida ishlash 
ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: 1. Til sathlarini o‘qitish orqali. 


339
2. «Ijodiy yozma matn ustida ish», «Insho va uning turlari» bo‘-
limlarini o‘rgatish orqali. 
Birinchi yo‘nalish o‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va 
grammatikasidan har bir mavzuni o‘rganish orqali amalga oshirilsa, 
ikkinchisi «Ijodiy yozma ish» tushunchasini sharhlash; rasm asosida 
hikoya, manzara tasvirini yaratish; o‘quvchi va borliq; yozma ishda 
o‘quvchi (muallif) o‘zligining namoyon bo‘lishi xususida ma’lumot 
berish, mavzu tanlash, mavzuni yoritish uchun zarur material to‘plash, 
yozma ishga reja tuzish (tor reja, keng reja), yozma ishga epigraf 
tanlash, «xat boshi» tushunchasi, yozma ish matnini qayta ishlash, 
matn uslubi ustida ishlash, ishni oqqa ko‘chirish, tekshirilgan yozma 
ishning xatolari ustida ishlash va «Insho haqida ma’lumot» berish, 
insho turlari (ilmiy insholar, badiiy insholar, erkin insholar) yuzasidan 
bir qator ijodiy-amaliy ishlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin