Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

a)
 
grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlar: 
fonetika, 
leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, 
yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid 
tushunchalar.
 
b)
 
nutqni o‘stirish: birinchi yo‘nalish–
o‘quvchilarning so‘z 
boyligini kengaytirish (o‘quvchilarning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan 
so‘zlarning ma’nosini va qo‘llanish doirasini aniqlash); 
ikkinchi 
yo‘nalish–
o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganish, adabiy talaffuz 
me’yorlari (to‘g‘ri talaffuz me’yorlari, so‘z birikmalari va gap tuzish 
me’yorlari, so‘z turkumlari va sintaktik tuzilishlarining uslubiy 
imkoniyatlari, xususan, sinonimikasi), shuningdek, lug‘aviy 
sinonimika va qo‘shimchalarning sinonimikasi hamda, umuman, 
grammatik sinonimika bilan tanishish; 
uchinchi yo‘nalish–
o‘quvchilarda fikrni og‘zaki va yozma bog‘lanishli bayon qilish 
malaka va ko‘nikmalari shakllanadi. 
Fonetika, imlo, to‘g‘ri talaffuz, tinish belgilari, harf va tovush: 

har bir harf ifodalaydigan tovushlarni va o‘zbek alifbosi sirasini, 
so‘zlarni to‘g‘ri va ravon o‘qishni bilish; 

bosh harflarning ishlatilishida asosiy o‘rinlar; 

unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar; 

jarangli undoshlarni so‘z oxirida va jarangsiz undoshlardan 
oldin o‘qish va yozish qoidalari; 

bo‘g‘in, so‘zni bo‘g‘inlarga ajratish, bo‘g‘in va so‘zning 
ko‘chiriladigan qismlari, so‘z urg‘usi; 

gap ohangi, darak, so‘roq, buyruq, undov ohanglari va darak, 
so‘roq, buyruq, undov gaplarda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash. Ayni 
gapni darak, so‘roq, undov ohanglarida talaffuz etish va yozish; 

xat boshi (abzas) haqida tushuncha

so‘z va uning ma’nosi. Darslik va kitoblarga ilova qilinadigan 
lug‘atlardan, sahifa osti izohlardan foydalanish ko‘nikmalari. So‘zning 
ma’nodoshlari haqida ilk tasavvur; 

imlo lug‘ati, undan foydalanish ko‘nikma va malakalari; 

izohli lug‘at haqida tushuncha; 


45

grammatika: so‘z tarkibi, o‘zak va qo‘shimcha. So‘z yasovchi 
va shakl yasovchi qo‘shimchalar; 

grammatika: mustaqil so‘z turkumlari (fe’l, ot, sifat, son, ravish, 
olmosh) va yordamchi so‘zlar; 

fe’l: fe’lning ma’nosi va so‘roqlari; bo‘lishli va bo‘lishsiz 
fe’llar; 

ot: otning ma’nosi va so‘roqlari, otning birlik va 
ko‘plikda qo‘llanilishi. Atoqli va turdosh otlar

sifat: sifatning ma’nosi va so‘roqlari; 

olmosh: kishilik olmoshlari, I, II, III shaxs kishilik 
olmoshlarining birlik va ko‘plikda qo‘llanilishi; 

yordamchi so‘zlar: 
va, lekin, biroq, ammo, shuning uchun, 
bilan, uchun, singari
so‘zlaridan foydalanish; 

nutq madaniyati, stilistika; 

o‘zbekcha nutqda senlash va sizlash (gapning egasi va kesimida 
bunday ma’noning ifodalanishi); 

kishi nomlari, qavm-qarindoshlik nomlarida -jon, -xon, -oy, -
bonu kabi hurmat va ehtirom qo‘shimchalarining qo‘llanilishi; 

hurmat-ehtirom, do‘q-po‘pisa ohangi; 

kishi nomlari, qavm-qarindoshlik nomlaridan oldin hurmat-
ehtirom ifodalovchi so‘zlarni qo‘llash, egalik qo‘shimchalarining 
hurmat-ehtirom yaqinlik ma’nolarida qo‘llanilishi; 

matnda narsa-buyum, shaxslarni atab keluvchi otlarni qo‘llash 
va kishilik olmoshlari bilan almashtirish; 

ayni bir fikr- axborotni sodda va qo‘shma gaplar bilan ifodalash, 

til haqidagi umumiy ma’lumotlar; 

adabiy nutq va so‘zlashuv nutqi: adabiy nutqning yozma va 
og‘zaki ko‘rinishlari; 

tillarning rang-barangligi; ko‘p tillilik tushunchasi; 

tillarning bir-biriga ta’siri, so‘zlarning bir tildan ikkinchi tilga 
o‘tishi. 
O‘quvchilar 9-sinfning oxirida bayon, insho, ish qog‘ozlari, 
referat, ma’ruza, maqola, xabar, ma’lumotnoma yoza olishlari, yozma 
ish uchun material to‘play bilishlari, to‘plangan materiallarni tizimga 


46
sola olishlari, sodda va murakkab reja tuza olishlari, yozma ishga 
epigraf va ma’lum asardan sitatalar tanlay olishlari, qiziqarli epizod 
qo‘sha olishlari, xat boshilarni to‘g‘ri belgilashlari, dialoglarni to‘g‘ri 
ajratishlari, dialogning muallif so‘zi qismida qahramonning ruhiyatini 
ochuvchi, uni tavsiflovchi so‘zlarni bera olishlari, gaplarni va matn 
parchalarini (murakkab sintaktik butunliklarni) o‘zaro bog‘lovchi 
leksik-grammatik vositalarni to‘g‘ri qo‘llay olishlari, uslubiy 
sinonimlardan foydalana olishlari, murakkab sintaktik butunliklarning 
tarkibiy qismlarini to‘g‘ri shakllantira olishlari lozim. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin