63
Ona tili o‘qituvchisi mavzular va bo‘limlarning bog‘lanishi,
aloqasini aniq belgilashi va o‘qitish jarayonida unga amal qilishi
lozim. V sinfda «Leksika» bo‘limi o‘rganilar ekan, u so‘z yasalishi va
grammatika bilan, fonetika so‘z yasalishi
va morfologiya bilan uzviy
bog‘lanadi So‘z yasalishi esa leksika bilan ham, morfologiya bilan
ham chambarchas bog‘langan. Chunki so‘z
yasash natijasida yangi
leksik ma’noli so‘zlar hosil bo‘ladi, yangi yasalgan har bir so‘z
ma’lum so‘z turkumi sifatida shakllanadi.
Maktab ona tili kursining turli bo‘limlari orasidagi o‘zaro
bog‘lanishga amal qilish o‘qituvchiga o‘tilganlarni samarali,
mukammal takrorlash va mustahkamlash imkonini beradi. Chunonchi,
o‘quvchi mustaqil so‘zlarni o‘rganar ekan, bunday so‘zlarning
sintaktik
vazifalarini, sintaksisni o‘rganishda esa so‘z turkumlari
haqidagi ma’lumotlarni takrorlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ona tili fani ichidagi bog‘lanish ikki xil ko‘rinishga ega:
Dostları ilə paylaş: