67
Ta’lim prinsiplari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib,
ularga qat’iy amal qilish dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni
puxta bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish,
ularning
ijodiy imkoniyatlarini tobora kengaytirishga juda katta ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Savol va topshiriqlar
1. O‘qitish prinsipi nima?
2. Ona tili darslarida qaysi prinsiplar hisobga olinadi?
3. Umumdidaktik prinsipning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
4. Ona tilini o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning
uyg‘unligi deganda nimani tushunasiz?
5. Maktab ona tili darsliklarida ilmiylik va tushunarlilikni
ta’minlashda qaysi jihatlar hisobga olinadi?
6. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faolligini
oshirishda qaysi prinsip
yyetakchi sanaladi?
7. Ona tili o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash prinsipi eng
muhim qonuniyat ekanligini izohlang.
8. Ona tili o‘qitishda onglilik, faollik va mustaqillik
prinsiplarining bir-biri bilan bog‘liqligini asoslab bering.
9. Ona tili darslarida aqliy
faoliyat usullaridan qanday
foydalaniladi?
10. Ona tilini o‘qitishda ko‘rgazmalilik prinsipi qanday
ahamiyatga ega?
11. O‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlari hamda real
o‘quv imkoniyatlarini hisobga olganda ta’lim jarayoni samarali
bo‘ladimi? Izohlab bering.
12. Ona tili o‘qitishning oziga xos
prinsiplari deganda nimani
tushunasiz?
13. Til – me’yor – nutq orasidagi mutanosiblikni qanday
izohlaysiz?
14. Ona tili o‘qitish orqali o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish
prinsipi haqida fikr yuriting.
68
15. Ona tili o‘qitishda til hodisalarini ajratishga o‘rgatish
prinsipining afzalliklarini bayon eting.
16. Ona tili o‘qitishda mahalliy sheva sharoiti va ta’sirini nazarda
tutish prinsipi asosida qanday ishlar olib boriladi?
Dostları ilə paylaş: