Ona tili o‘qitish metodiкasi


Tushuntirish - namoyish etish metodi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

1. Tushuntirish - namoyish etish metodi
. O‘qituvchi tomonidan 
bilimlar tayyor holda beriladi. Ona tilining qonun-qoidalari o‘qituvchi 
tomonidan tushuntiriladi va uni mustahkamlash maqsadida misollar 
keltiriladi. O‘quvchilar bayon qilinayotgan bilimlarni tinglaydilar va 
xotirada saqlashga harakat qiladilar. 
2. Muammoli bayon qilish metodi. 
O‘qituvchi o‘quvchilar 
oldiga ma’lum bir muammo qo‘yadi va ularning mustaqil aqliy 
faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash orqali bu muammoni hal qilishga 
kirishadi. Ta’limning bu metodi o‘quvchilar tomonidan o‘quv 
materialining o‘qituvchi rahbarligida mustaqil tahlil etilishi
kuzatilishi, guruhlanishi, umumlashtirilishi bilan ajralib turadi.
 


71
3. Qayta xotiralash metodi. 
Bu metodning o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, o‘quvchi o‘quv topshirig‘ini egallangan bilimlarga 
asoslangan holda yoki berilgan namunaga qarab bajaradi. O‘quvchi 
muayyan andaza asosida harakat qiladi.
 
4. Qisman izlanuvchanlik metodi. 
Ta’limning bu metodi shu 
bilan ajralib turadiki, o‘qituvchi dars jarayonida ma’lum o‘quv 
muammosini qo‘yadi, ammo uni mustaqil hal qilish yo‘llarini 
ko‘rsatmaydi. Har bir o‘quvchi muammoni mustaqil hal qilish uchun 
o‘zicha izlanadi. Ammo qiyinchilik tutilganda unga yordam 
ko‘rsatiladi. O‘quvchi bu yordamni o‘qituvchining tushuntirishidan, 
o‘quvchilarning o‘zaro suhbatidan yoki darslikdan olishlari mumkin. 
Topshiriqni bajarish jarayonida olinadigan yordam metodni qisman 
ijodiy qilib qo‘yadi. 
5.
Tadqiqot(ijodiylik) metodi. 
Bu metod o‘quvchidan to‘la 
ijodiylikni talab etadi. Yangi bilimlar olish maqsadida o‘quvchi o‘zi 
masala tuzishi va uni to‘la mustaqil ravishda hal qilish yo‘llarini 
izlaydi. O‘qituvchi tomonidan beriladigan ijodiy - amaliy topshiriqlar 
ham hech qanday yordamsiz yoki namunaga asoslanmagan holda 
bajariladi. 
Mazkur tasnifning ustunligi shundaki, o‘quvchilarning bilish 
faoliyatini bosqichma - bosqich faollashtirish nazarda tutilgan hamda 
unda o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirishga va o‘quv faoliyati 
tarkibida tadqiqotchilik unsurlari bo‘lishi zarurligiga e’tibor berilgan. 
Yuqorida berilgan tasniflar ta’limning umumiy qonuniyatlaridan 
kelib chiqib, barcha fanlarni o‘qitishga bevosita aloqador metodlar 
sanaladi. 
Xususiy metodlar, shu jumladan, ona tili o‘qitish metodikasi ham 
o‘qitishning barcha masalalari qatori ta’lim metodlarini tanlashda 
umumdidaktik sistemaga asoslanilsa-da, ammo uning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqadigan metodlari ham mavjud. 


72
Ona tili o‘qitish metodikasida ta’lim metodlari kam o‘rganilgan 
masalalardan biridir. Metodist H.Rustamov bilimlarni olish 
manbayidan kelib chiqib, ona tili o‘qitish metodlarini quyidagicha 
tasniflaydi: 
a) o‘qituvchining bayoni; 
b)suhbat; 
v) til hodisalarini kuzatish va tahlil qilish; 
g) grammatik tahlil; 
d)mashq; 
e) darslik ustida ishlash; 
yo) ko‘rgazmali qurollardan foydalanish; 
j) sayohat. 
Bu metodlar, birinchidan, qayta xotiralashga asoslangan metodlar 
bo‘lib, ular o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o‘stirishga to‘la 
muvofiq kelmaydi. Bu metodlarda, asosan, o‘qituvchi faoliyati 
nazarda tutilgan; ta’lim jarayonining subyekti sanalgan o‘quvchi 
e’tibordan chetda qolgan. Mazkur tasnifda o‘quvchilarda 
izlanuvchanlikni shakllantirishga xizmat qiladigan muammoli bayon, 
qisman izlanuvchanlik, tadqiqot (izlanuvchanlik) metodlari tamoman 
o‘z ifodasini topmay qolgan. 
Ma’lumki, dars ikki yoqlama jarayon bo‘lib, unda o‘qituvchi ham, 
o‘quvchi ham faol ishtirok etadi. Shuning uchun o‘qitish metodlarini 
tasnif qilishda nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchi faoliyati 
ham asos bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim.
Ona tili dasrlarida qo‘llaniladigan o‘qitish metodlari nafaqat 
bilimlarni bayon qilish yoki uni mustahkamlashga xizmat qilishi, balki 
o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini ham hisobga olishi, ta’lim 
jarayoniga izlanuvchanlik va tadqiqotchilik unsurlarini qo‘shish orqali 
ularni ijodiy faoliyatga tayyorlashi lozim. Ana shu nuqtayi nazardan 
qaraladigan bo‘lsa, pedagogika fanlari doktori, metodist - olim
A. Q. G‘ulomov ta’lim metodlarini quyidagi guruhga ajratadi. 
1. O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar. 
2. O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar. 
O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarni: 


73
1. Bilimlarni tayyor holda bayon etish
2. Bilimlarni muammoli yo‘l bilan bayon qilish. 
O‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlar, o‘z navbatida, qayta 
xotiralash, qisman izlanuvchanlik va izlashga asoslangan metodlarga 
bo‘linadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin