Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

A ,i ,o, e, u, o‘
tovushlarining unli tovush ekanligini isbotlang. 
2-masala. 
Qatiq

qattiq, dara

darra
 
singari so‘zlarning farqi 
bormi? Ularning bir so‘z emasligini isbotlang. 
«Leksika»dan

1-masala. 
Uzukning ko‘zi, derazaning ko‘zi, buloqning ko‘zi, 
taxtaning ko‘zi yoki o‘tkir til, o‘tkir so‘z, o‘tkir nigoh (qarash)
birikmalarida 
ko‘zi 
va 
o‘tkir 
so‘zlarining ko‘chma ma’noda 
qo‘llanilganligini isbotlang. 
2-
masala. 
Gaplardagi antonimlarga e’tibor bering. Ular yakka 
holda kelganda qanday ma’noni va juft holda kelganda qanday 
ma’noni anglatadi? 
1. To‘yga do‘st - dushman keladi. 2. Erta–yu kech fikrim shu.
3. Qishloqning butun katta - kichigi bu umumxalq hashariga 
qo‘shildi (S.Ahmad). Bu gapdagi antonimlarni boshqa so‘zlar 
bilan almashtirib ko‘ring-chi! Bundan qanday xulosa chiqardingiz?
Namuna: To‘yga hamma keladi. Doim fikrim shu.
«Morfologiya»dan:
1-masala. 
Quyida berilgan ikki gapni taqqoslang. 1. Chol 
minbarga chiqib yigitchasiga gapirdi. 2. Tanishib olaylik
otingiz nima, yigitcha? 
Yigitcha 
so‘zining ma’nosida farq bormi? Siz bundan qanday 
xulosa chiqardingiz? 
2-masala. Quyidagi to‘rtlikni diqqat bilan o‘qing. Nega shoir 
shu 
olmoshini uch misrada takror qo‘llagan? 
Ukam, yovuzlarning topganlari shu,
O‘z o‘g‘lin it bo‘lib qopganlari shu.
O‘z qalbin nafratlab yopganlari shu,
Mo‘min Mirzo, ukam, seni o‘ldirdilar. 
(A.Oripov)
O‘qituvchi o‘quv masalalarini o‘zi tuzishi yoki darslikda berilgan 
ijodiy xarakterdagi o‘quv topshiriqlaridan foydalanishi mumkin. Agar 
topshiriq shartida o‘z fikr - mulohazalarini dalillar bilan asoslash 
so‘ralmagan bo‘lsa, unga muayyan o‘zgartirishlar kiritish mumkin. 


79
Shunday qilib, masala tipidagi o‘quv topshiriqlari muammoli 
vaziyat yaratishning muhim usulidir. Chunki masala o‘quvchini 
harakatga keltiradi, uni izlanishga undaydi, qiziqtiradi. 
Muammoli vaziyat yaratishda o‘rganiladigan til hodisalarining 
murakkablik darajasi ham hisobga olinadi. Chunki o‘qituvchi til 
hodisalarining murakkablik darajasidan kelib chiqib, muammoli 
vaziyat yaratishning usulini tanlaydi. Oldindan o‘quvchilarga ma’lum 
darajada tanish bo‘lgan til hodisalarini o‘rgatishda ko‘proq kuzatish, 
taqqoslash kabi usullardan foydalanilsa, o‘quvchilarga tamoman 
notanish bo‘lgan mavzularni o‘rgatishda muammoli savol qo‘yib, 
darslikdan javob izlash usulidan foydalaniladi. 
Muammoli vaziyat yaratishda sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish 
darajasi, til hodisalarini tushunishi va aqliy faoliyat usullaridan 
foydalanishi kabilar ham hisobga olinadi. Agar sinf o‘quvchilarining 
o‘zlashtirish darajasi past bo‘lsa, engilroq ijodiy-amaliy topshi-
riqlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Muammoning mohiyatini anglash muammoli ta’limning birinchi
bosqichidir.
К
eyingi bosqichlar: muammoni yechish, natijani 
hisobga olish kabilar birinchi bosqichning to‘g‘ri uyushtirilganligiga 
bog‘liq. Ayniqsa, birinchi bosqichda o‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilarni 
muammoli vaziyatga olib kirish o‘qituvchiga ancha murakkablik 
tug‘diradi. Buning uchun o‘qituvchi tabaqalashtirilgan ta’lim 
imkoniyatlaridan unumli foydalanishi lozim. 
Shunday qilib, qo‘yilgan muammoni to‘g‘ri yechishni ta’minlash 
uchun: 
a) 
muammoning maqsad va mohiyatini o‘quvchilarga to‘g‘ri 
anglatish; 
b) o‘rganilgan mavzular yuzasidan puxta va izchil bilimlarning 
mavjudligiga erishish
v) har bir o‘quvchida mustaqil ravishda ijodiy ishlash malakalarini 
tarkib toptirish; 
g) o‘quvchilarni maqsadga yo‘naltira bilish; 
d) muammoni yechishning eng samarali va qulay yo‘lini belgilash 
juda katta ahamiyatga ega. 


80
Ona tili darslarida o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini 
quyidagi metodlarga ajratish mumkin: 
1) qayta xotiralashga asoslangan metodlar; 
2) qisman izlanuvchanlik metodlari; 
2) izlanishga asoslangan metodlar. 
Bu metodlarning har biri ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni 
faollashtirishga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin