Ona tili o‘qitish metodiкasi


К o‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

К
o‘nikma va malakalarni shakllantirish darslari
maxsus dars 
turi bo‘lib, hajm jihatidan katta, o‘rganilishiga 2–3 soat vaqt ajratilgan 
mavzular yuzasidan o‘tkaziladi. Bu dars turi yangi bilim berishdan 
tashqari boshqa barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Agar yangi 
bilimlar berish darsida qayta xotiralash xarakteridagi topshiriqlar 
qisman izlanuvchanlik va izlanuvchanlik xarakteridagi topshiriqlarga 


94
qaraganda ko‘proq qismni tashkil etsa, bu darslarda shuning 
teskarisidir. 
Topshiriqlarning sharti ham bu darslarda ancha murakkablashadi. 
Har bir mashq uch-to‘rt va hatto besh-olti topshiriqni o‘z ichiga 
qamrab olishi mumkin.
O‘rganilganlarni takrorlash darslari
bir necha soat davomida 
egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni mukammallashtirishni 
nazarda tutadi. 
Takrorlash darslari o‘quv yilining boshida, oxirida, yirik mavzular 
o‘rganilgandan keyin va bo‘limlar tugagandan so‘ng o‘tkaziladi. Shu 
jihatdan takrorlash darslarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
– o‘quv yili boshida takrorlash; 
– o‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash; 
– oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun 
takrorlash; 
– darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash; 
ona tilidan katta mavzu, bo‘lim o‘tilgach, o‘tkaziladigan 
takrorlash; 
– ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida 
o‘tkaziladigan takrorlash.
1
O‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan takrorlash oldingi sinfda 
o‘rganilgan materiallardan tashkil topadi. Til hodisalarining yaxlitligi, 
bir - biri bilan o‘zaro chambarchas aloqadorligi o‘quv yilining boshida 
oldingi sinfda o‘rganilganlarni takrorlashni zaruriyatga aylantiradi. 
Chunki yangi o‘rganiladigan materiallar oldin o‘rganilganlarning 
mantiqiy davomi sanaladi. 
O‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan takrorlash ham 
umumlashtiruvchi, ham tayyorlovchi takrorlash bo‘lib, u nafaqat 
oldingi sinfda o‘rganilganlarni xotirada tiklashga, balki navbatdagi 
sinfda o‘rganiladigan materiallarga zamin hozirlashga xizmat qiladi. 
Bu turdagi takrorlash darslari uchun o‘quv materialini o‘qituvchi 
darslikdan tanlashi yoki o‘zi tuzishi mumkin. 
1
Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi. T.: "Yangi asr avlodi", 2005,
264–266-b. 


95
Takrorlashning bu turini muvaffaqiyatli qo‘llash uchun sinf 
o‘quvchilarining o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish, qaysi til 
hodisalarini takrorlashga ko‘proq ehtiyoj sezilayotganligini nazarda 
tutish, zaruriyat tutilsa, darslikdagi mashqlar shartiga qo‘shimcha 
shartlar kiritish, ularni o‘zgartirish, yangi mashqlar kiritish foydalidir. 
O‘quv yili oxiridagi yakuniy takrorlash bosqichida yil davomida 
olgan bilimlar qayta esga olinadi, o‘quvchilarning bilimlari tartibga 
solinadi, o‘rganilgan mavzular yuzasidan umumiy xulosalar 
chiqariladi. 
Oldin o‘rganilgan bilimlarni o‘quvchilar esiga tushirish uchun 
takrorlash yangi mavzuni o‘rganish va mustahkamlash darslarida 
o‘tkaziladi. Shu jarayonda o‘rganilgan va o‘rganilayotgan mavzular 
o‘rtasida izchillik, mantiqiy aloqa hosil qilinadi. 
Darsda o‘rganilgan yangi mavzuni takrorlash jarayonida yangi 
mavzu haqida ma’lumot berilgandan so‘ng o‘quvchilar olgan 
bilimlarini esga tushirib, mashqlar
ustida ishlatiladi. Bu jarayon 
darsning mustahkamlash bosqichi deb ham yuritiladi. 
Takrorlash bitta bo‘lim yoki katta mavzu doirasida tashkil etilishi 
mumkin. Bunda asosiy e’tibor nafaqat o‘rganilganlarni takrorlash va 
mustahkamlashga, balki o‘quvchilar bilimidagi bo‘sh tomonlarni 
hisobga olib, bu bo‘shliqlarni to‘ldirishga ham qaratiladi.
Ma’lum o‘quv materiali o‘rganilgach, kelgusi o‘quv soatida 
o‘tkaziladigan takrorlashda mavzu yuzasidan tushuncha hosil qilish, 
o‘rganilgan mavzu doirasida malakalarni shakllantirish, 
o‘quvchilarning bilimlarini qat’iylashtirishga qaratiladi. 
К
eyingi yillarda takrorlash mashg‘ulotlarini «Topqirlar 
bellashuvi» tarzida o‘tkazishga katta e’tibor qaratilmoqda. Darsning 
bu shakli qiziqarli dars shakllaridan biri bo‘lganligi uchun ham bu 
haqida batafsil to‘xtalamiz. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin