1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari
Bayon tartibi. O‘quvchilarga bayon yozishni o‘rgatishda
o‘qituvchidan uni muntazam sur’atda o‘tkazib borish va bu sohada
ma’lum bir tartibga amal qilish, ya’ni matnni o‘quvchilarning yosh
xususiyati va bilim saviyasiga mos bo‘lishiga e’tibor berib, soddadan
murakkabga, erkin, to‘liq bayon etishdan matnga yaqinlashtirib bayon
yozishga, matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib bayon
yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan
insho yozishga o‘tiladi.
Bayonda so‘zlar hajmi. Uzoq yillik pedagogik tajriba shuni
ko‘rsatmoqdaki, bayondagi so‘zlar hajmi aniq ko‘rsatilmaydi. Sababi,
bayon o‘tkazishda so‘zlar hajmini aniq ko‘rsatish o‘qituvchi va
o‘quvchilarning erkin harakatiga to‘siq bo‘lishi mumkin. Shu sababli,
bunday ma’lum chegara qo‘yish maqsadga muvofiq emas, deb
o‘ylaymiz. Chunki bayon diktant emas, balki uslub va fikrlashni
o‘stirishga qaratilgan o‘ziga xos yozma ishdir. Shuningdek, joylarda
mahalliy sharoitni, o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, sinfdagi
o‘quvchilarning yoshi, yozma nutqi, saviyasi va ayniqsa, vaqt hamda
yozib ulgura olish iqtidoriga qarab mazkur sinfda matnni
o‘qituvchining o‘zi erkin tanlash huquqiga ega ekanligi e’tiborga
olinadi.
A. R. Sayfullayevning «O‘zbek maktablarining V–IX sinflarida
ta’limiy bayon» nomli metodik qo‘llanmasida ta’limiy bayonga doir
nazariy va metodik adabiyotlar tahlili, ta’limiy bayon va uning
ahamiyati, bayon o‘tkazishga oid asarlar tahlili, bayon o‘tkazish
usullari, to‘liq bayon, qisqa bayon, saylanma bayon, ijodiy bayon
ustida ishlash yo‘llari aniq qilib ko‘rsatib berilgan.
Insho matnning oliy ko‘rinishi bo‘lib, o‘quvchining ijodiy
fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki va
yozma shaklda bayon qila olish darajasini belgilovchi asosiy mustaqil
ish turidir.
Nazorat insholari yil davomida 4–5 marta o‘tkaziladi. Bu insholar
avval qoralamada bajariladi va tahrir qilingach, oqqa ko‘chiriladi.
108
(Insho haqida to‘liq ma’lumot darslikning to‘rtinchi bo‘limida
beriladi.)