Ona tili o‘qitish metodiкasi


ONA TILI DARSLARINING NOAN’ANAVIY SHA



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

ONA TILI DARSLARINING NOAN’ANAVIY SHA
К
LLARI 
 
К
eyingi yillarda ona tili o‘qituvchilari ish amaliyotida 
noan’anaviy darslarning qator turlari: «Topqirlar bellashuvi» darslari, 
o‘yin-topshiriq darslari, seminar darslari, bahs-munozara darslari, 
sirtqi sayohat darslari, yubiley darslari kabilardan keng 
foydalanmoqda. Bu norasmiy darslarning har biri o‘ziga xos 
qurilishga ega bo‘lsa-da, ammo ular bir maqsadga–darsda 
o‘quvchilarni ta’lim jarayonining subyektiga aylantirish, til 
hodisalarini mustaqil izlanish orqali o‘rganishini ta’minlashga 
qaratilgan. 
Ona tilidan «Topqirlar bellashuvi» darsi. 
Ma’lumki, o‘yin 
tarzida o‘tkaziladigan ona tili darslarida o‘quvchi o‘zligini namoyish 
etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bellashuv o‘yin tarzida tashkil etiladi 
va muayyan bo‘lim yoki yirik mavzular o‘rganilgandan so‘ng 
o‘tkaziladi. 
Sinf o‘quvchilari birgalashib mix atrofida aylanuvchi fanera doira 
(diametri 30 sm) tayyorlaydilar va uni 16 qismga ajratadilar. Bu doira 
1, 2, 3, ... 16 deb raqamlanadi. U 2 kattaroq doira (diametri 40 sm) 
ichiga joylashtiriladi. 
К
atta doiraning qoq yuqorisidan kichik doira 
tomon yo‘naltirilgan ikki yo‘nalish chizig‘i (strelka) chiziladi. 
Sinf har biri 5 o‘quvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi. Har bir 
guruh «
К
irish» bo‘limida o‘tilgan ma’lumotlar bo‘yicha 16 tadan 
savol-topshiriq tuzib, 16 ta xatjildga (konvertga) soladi va har bir 
xatjildni 1, 2, 3,...16 deb raqamlaydi. 
O‘yin guruhlar orasida o‘tkaziladi. Qur’a tashlanib, guruhlarning 
tartibi belgilanadi. 1- va 2-navbatni olgan guruh o‘yinni boshlaydi. 
Dastlab, 1-navbatni olgan guruh so‘raydi, 2-guruh javob beradi. 2-
guruhdan bir kishi kichik doirani aylantiradi. Doira aylanishdan 
to‘xtagach, 1-guruh yo‘nalish chizig‘i ostidagi raqamga mos kelgan 
topshiriqni o‘qiydi. 2-guruh bir daqiqadan keyin o‘qib eshittirilgan 


109
savol-topshiriqqa javob beradi. Har bir guruh ikkinchisiga 5 marta 
savol beradi. Sinalayotgan guruh noto‘g‘ri javob bersa, so‘rovchi 
guruh uni tuzatadi. 
Agar bir soatda g‘olib guruhni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, 
o‘yin davom ettirilishi mumkin. Hakamlar har bir savolni 0–3 ball 
bilan baholaydilar. Savol-topshiriq noto‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, hakamlar 
bu guruh ballaridan har bir noto‘g‘ri savol uchun kelishilgan miqdorda 
ball kamaytiradilar. Mukofot va jarima ballarining miqdori har bir 
mashg‘ulot uchun alohida kelishiladi. 
К
elishilgan miqdorda ko‘p ball 
yig‘gan guruh o‘yinni navbatdagi guruh bilan davom ettiradi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin