Ona tili o‘qitish metodiкasi


«So‘zni lug‘atdan tez top»



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

«So‘zni lug‘atdan tez top» 
o‘yini ancha yaxshi samara beradi. O‘yin 
shunday tashkil etilmog‘i lozimki, o‘quvchi «Imlo lug‘ati»dan istagan 
so‘zni yarim daqiqada topish imkoniyatiga ega bo‘lsin. (O‘yin-
topshiriqlardan namunalar keyingi mavzularda ham berib o‘tiladi.) 


115
Shunday qilib, ona tili mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarning 
imkoniyatlari benihoya keng. O‘yin eng avvalo o‘quvchini 
faollashtiradi va tezkorlikka o‘rgatadi. 
 
Ona tilidan sirtqi sayohat darslari. 
Sirtqi sayohat darslari 
muayyan bir mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalar hosil 
qilingandan keyin o‘tkaziladi. O‘quvchilar «Bilimlar mamlakati»ga 
sayohat qilib, turli holatlarga duch keladilar. Yo‘lda duch kelgan 
qiyinchiliklarni yenggan, ya’ni o‘quv topshiriqlarini mustaqil bajargan 
o‘quvchilarga ballar qo‘yib boriladi. Topshiriqlarni tez va to‘g‘ri 
bajargan o‘quvchilar sayohatni davom ettiradilar. 
Topshiriqlar darsliklardan tanlanishi yoki o‘qituvchi tomonidan 
tuzilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, sifatlarning ma’no guruhlari 
o‘rganilgach, shunday sayohat darsi rejalashtirilishi mumkin. Bu 
darsda o‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar: 
1-topshiriq. 
Berilgan sifatlarning ma’nosiga qarab: 
1) rang-tus sifatlari
2) belgi-xususiyat sifatlari
3) maza-ta’m sifatlari; 
4) shakl-hajm sifatlari singari guruhlar orqasidan tiziling (sinfda 4 
o‘quvchi shu ma’no guruhlari timsolida chiqadi va ularning 
ko‘kragida o‘sha ma’no guruhning nomi yozilgan bo‘ladi). 
So‘zlar: 
oq, qirmizi, ol, sarg‘ish, ko‘kimtir, nofarmon, jigarrang; 
chuchuk, sho‘r, nordon, taxir, qo‘lansa; gavdali, novcha, semiz, 
baqaloq, pakana, shirinsuxan, kamgap; yassi, dumdumaloq, tor, keng

2-topshiriq. 
Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin