116
Darsning oxirida har bir o‘quvchining sayohatda to‘plagan ballari
e’lon qilinadi va to‘plangan ballarga qarab o‘rinlar belgilanadi.
Ona
tilidan konferensiya darsi.
Ona tilidan konferensiya darsi
ko‘proq 7–9 - sinflarda o‘tkaziladi. Darsning bu shakli ma’lum
bir til
sathi yoki katta mavzu o‘rganilgandan keyin uyushtiriladi va
yakunlovchi dars vazifasini o‘taydi.
К
onferensiya darsini bitta sinf doirasida yoki ikkita parallel sinf
bilan birgalikda o‘tkazish mumkin. Bu darsda o‘quvchilarning ona
tilidan tayyorlab kelgan kichik ilmiy ma’ruzalari tinglanadi, ular
birgalikda muhokama qilinadi.
К
onferensiya darsiga tayyorgarlik kamida bir oy oldin boshlanadi.
O‘qituvchi ma’ruza
mavzularini belgilaydi; ularni o‘quvchilarga
topshiradi; zarur adabiyotlarni tavsiya qiladi va vaqti-vaqti bilan unga
tayyorgarlikning borishini nazorat qilib turadi. O‘quvchi esa avval
adabiyotlar
bilan puxta tanishib chiqadi; ma’ruza rejasini belgilaydi;
har bir masala yuzasidan material yig‘adi va uni yozadi.
O‘quvchilar ilmiy ma’ruza uchun material yig‘ish tartibini
bilishlari kerak. Avval tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq
til hodisasi
puxta va asosli o‘rganiladi, o‘qituvchi bilan material yig‘ish yuzasidan
suhbat o‘tkaziladi, tahlil qilinayotgan badiiy asar o‘qib chiqiladi,
misollar alohida-alohida yozib
boriladi va nihoyat, ular saralanib,
matnni yozishga kirishiladi.
К
onferensiya darsining murakkab tomonlaridan biri barcha
o‘quvchilarning faolligini ta’minlashdir.
К
o‘p hollarda ma’ruzachi
faol bo‘lib, qolgan o‘quvchilar shunchaki tinglovchiga
aylanib qolishi
mumkin. Shuning uchun o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni muzokara
ishtirokchisiga aylantirishi, ularning o‘z fikr-mulohazasi bilan ishtirok
etishini ta’minlashi zarur.
Dostları ilə paylaş: