Ona tili o‘qitish metodiкasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/232
tarix18.09.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#129053
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   232
1.Ona tilining o‘qitilishining tarixiy taraqqiyoti. Ona tili ta’limining umumiy va xususiy maqsadlari

 
o‘z lug‘at zaxirasiga ega bo‘lib boradi.
 So‘zlarni yozib borish 
o‘quvchilariing lug‘at boyligini kupaytirish bilan birga, 
savodxonligini ham oshiradi.
O‘quvchi o‘zi o‘qiyotgan fanlar, ularning sohalari bo‘yicha 
ko‘plab atamalarni yaxshi ajratib berolmaydi, ularning ma’nolarini 
aniq bilmaydi. O‘qituvchi maktabda lug‘at bilan ishlashni, birinchi 
navbatda, o‘quvchiga lug‘at tuzdirishdan boshlasa, maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. Dars jarayonida matn o‘qilganda, darslikda biror izoh talab 
qilinadigan so‘z bo‘lsa, uni muntazam ravishda lug‘atga kiritish 
an’anaga aylantirilsa, bu, albatta, yaxshi natija beradi. Masalan, 
matnda
 
maqom
so‘zi uchrab qoldi. Agar o‘quvchi uning matndagi 
ma’nosini bilmasa, bu matnni to‘g‘ri anglamaydi. Shunga ko‘ra, bu 
so‘zni darhol izohlab, lug‘at daftariga yozdirib qo‘yish lozim. 
Maqom.
1) joy, o‘rin, turar joy; 2) daraja, bosqich; 3) musiqada asosiy 
kuy, ohang. O‘quvchi ana shu so‘zning ma’nolarini yaxshi 
anglasagina, 
«Ularning oilasi shu maqomda yashaydi»
jumlasi 
mazmunini to‘g‘ri anglashi mumkin. Ya’ni «Ularning oilasi shu joyda 
yashaydi» deb anglashga imkoniyat yaratilgan bo‘ladi. 
Maqom 
so‘zi
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da quyidagicha izohlanadi: 1. Musiqiy 
ohang, kuy. 2. Tartib, o‘lchov. 3. O‘yinda usulga, ritmga mos qo‘l, 
oyoq harakati. 4. Xatti-harakat, usul. 5. O‘rin, joy (kam qo‘llaniladi). 
6. Martaba, mavqe (kam qo‘llaniladi).
Darslikda ilova qilingan lug‘atlardan foydalangan holda, avvalo, 
har bir o‘qituvchi o‘zi uchun metodik qo‘llanma shaklidagi lug‘atlar 
to‘plamini yaratishi kerak. So‘ng dars davomida o‘quvchilar 
tomonidan yuritiladigan «Lug‘at daftari»ga kerakli so‘zlar yozib 
borilsa, ular darslikda berilgan mashklarni, vazifa va topshiriqlarni 


135
bajarish uchun tayanch material bo‘ladi. Lug‘at daftaridagi so‘zlarni 
ko‘paytirish maqsadida guruhlararo, sinflararo tashkil qilingan 
musobaqalar o‘quvchilarni mustaqil ishlashga, kutubxonalardan 
foydalanishga o‘rgatadi, kitobga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi.
Lug‘atlar turli - tuman bo‘lgani kabi ular bilan ishlash usullari 
ham xilma- xildir. Quyida bu lug‘atlardan foydalanish tartibi xususida 
to‘xtalishga harakat qilamiz:

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin