www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Payg‘ambarimizning axloqlari bilan (s.a.v.) axloqlangan bo‘ladi. Uning axloqi bilan axloqlangan, Uning
yo‘lini tutgan bo‘ladi.
Shunday kishi qo‘rquvdan xoli va kutganiga noil bo‘ladi. Ya’ni kutgan ma’naviy maqomiga,
ma’naviy yuksakliklariga erishadi. Haqiqiy ummat bo‘lish bilan sharaflanadi.
Kishi ko‘ngliga yomon bir fikr kelsa, uning yomonligini bilmoq imondandir.
Sahobai ikromdan ba’zilar bir kun Payg‘ambarimizga (s.a.v.) shunday dedilar:
«Yo Rasululloh (s.a.v.)! Ba’zan ko‘nglimizga shunday yomon fikrlar keladiki, bundan ko‘ra olovda
yonganimiz yaxshiroq. Bu yomon, yaramas fikrlardan so‘ng badtar behuzur bo‘lamiz».
Payg‘ambar (s.a.v.) shunday javob berdilar:
«Bunday yomon narsalar ko‘nglingizga kelganda yomonligini bilishingiz imondandir. Chunki
ko‘ngilga yaxshi narsalar kelganidek, yomon narsalar ham kela oladi».
Ey, farzand!
Imoni mukammal bo‘lishini istagan kishi kamtarin, tavoze’li bo‘lishi kerak. Imoni komil bo‘lishni
istamoq va buni ta’minlashga kirishish har mo‘minning vazifasidir. O’zini insonlarning eng zaifi, ya’ni
ibodati eng kami deb bilishi kamolotidan nishonadir.
Ikki narsa mo‘minning imonini komil qiladi, kamolotga yetkazadi:
1.
O’zini mo‘minlarning, insonlarning eng zaifi, ya’ni eng zaif imonlisi deb bilish.
2.
O’zi kambag‘al bo‘la turib, muhtojlarga yordam berishga shoshilish.
Ey, farzand!
Imon bor joyga ichkilik kirmaydi.
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«To‘rt narsa imonni falokatga sudraydi:
1.
Bilganiga amal qilmasdan, bilmaganiga amal qilish.
2.
Bilganini o‘rgatmaslik.
3.
Bilmaganini orlanib so‘ramaslik.
4.
O’rganganga to‘siq bo‘lib, o‘rganmoqqa qo‘ymaslik».
TAVHID BAHSI Ey, farzand!
Tavhid — Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi:
«LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH». Shahodat kalimasi: «ASHHADU ANLA
ILAHA ILLALLOHU VA ASHHADU ANNA MUHAMMADAN ABDUHU VA RASULUH».
Tavhid kalimasining ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Uning elchisidir».
Shahodat kalimasining ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va Muhammad Uning quli va
rasuli ekanligiga iqrorman».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) deydilar:
«Bir kishi «LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH» desa, tavhid kalimasi shunday
deydi:
«Yo, pok Parvardigoro! Meni aytgan qulingni kechirmaguningcha, men tinchlanmayman!»
Alloh fazli bilan shunday deydi:
«Izzatim va Jalolim, Jamolim va Kamolim haqqi Meni zikr etgan bandamni kechirdim».
Ey, farzand!
Tavhid kalimasini aytgan kimsani mahshargohda bir guruh malaklar ziyorat etadilar. Uni mahshar
dahshatlaridan qo‘riqlaydilar.
Alloh Musoga (a.s.) Tur tog‘ida shunday marhamat etdi:
«Yo Muso! Mahshar yerida farishtalar seni ziyorat etishlarini istasang, tavhid kalimasini ko‘p zikr
et!»