Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 
ALLOH RIZOSI 
Ey, farzand!
Alloh rizosini istasang, quyidagilarga amal qil. 
Alloh Musoga (a.s.) marhamat etdi: 
«Ey, Muso! Men uchun nima xizmat qilding?» 
Muso: 
«Yo Robbim! Sen uchun namoz o‘qidim, ro‘za tutdim, tasbeh aytdim, sadaqa berdim...» 
Alloh yana marhamat qildi: 
«Ey, Muso! Bularning hammasi o‘zing uchun. Namoz o‘qigan bo‘lsang, evaziga jannat beraman. 
Ro‘za tutgan bo‘lsang, qabringda va sirotda senga nur bo‘ladi. Tasbeh aytgan bo‘lsang, jannatda 
o‘zingga mevachi daraxtlar bo‘lib ko‘karadi. Sadaqa bergan bo‘lsang, raddi balo, ya’ni senga 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
keladigan balo-qazolarga, falokatlarga qarshi turadi. Barcha bu qilgan ishlaring o‘zing uchundir. Men 
uchun nima qilding?» 
Muso(a.s): 
«Allohim! Sen uchun nima qilishim zarur?» 
Alloh taolo: 
«Men uchun bir kishini sev, uni uzingga do‘st tut! Sevganingni Men uchun sev, sevmaganingni 
ham Men uchun sevma! Men faqat qulimdan shunday qilsagina rozi bo‘laman», dedi. 
Rasululloh (s.a.v) marhamat etadilar: «Bir kishi bir gunoh qilmoqchi bo‘lganida Allohni yodga olib, 
Uning uchun o‘sha gunohdan darhol qaytsa, voz kechsa, Alloh o‘sha kishiga atab ikki jannat yaratadi, 
har bir jannat kattaligi, kengligi eni-bo‘yiga sakson ming gazlik yo‘l uzunligidadir». 
Ey, farzand!
Bir kishining qazo va qadarga rozi bo‘lishi maqbul bir banda ekaniga ishoratdir. Qazo va qadarga 
isyon qilishi esa osiy bir qul ekanini bildiradi. Har qanday iztirobga, g‘am-anduhga nisbatan 
g‘azablanib isyon etmoq ham shunday. Mashaqqatdan, g‘amdan, qiyinchilikdan sabr bilan o‘tmoq 
kerak. 
Ey, farzand!
Allohga itoatli bo‘lmoqni istagan banda har so‘zida: 
«Inshaalloh» deya boshlashi kerak. 
Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Inson uchun har qanday bir ishni boshlayotganda
«Inshaalloh» demoqdan xayrliroq va go‘zalroq bir so‘z yo‘q». 
Bir ish uchun «Inshaalloh» deb so‘zga kirishmoq yoki ish boshlamoq o‘sha ishni Allohga havola 
etmoqdir. «Agar Alloh xohlasa» demakdir. 
Kishining ko‘ngli uch narsada ochiq va bo‘sh bo‘lishi kerak: 
1.
Qur’oni karim o‘qiyotganda. 
2.
Zikr qilayotganda. 
3.
Namoz o‘qiyotganda. 
Ibrohim Adham hazratlari aytadilarki, ko‘nglini ham uch holda hozirlamagan kishi uchun rahmat 
va fayz eshiklari ochilmaydi. Bir kishining orif ekanining uch alomati bor: 
1.
Jimligi (sukuti) — tafakkur 
2.
Boqishi (qarashi) — ibrat. 
3.
Xohishi (istagi) — ibodatdir. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin