Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
35
Vaqt bandaga Allohning juda qimmatli ikromidir, bo‘lar-bo‘lmasga isrof etmaslik lozim.
So‘zi bilan yashashi uyg‘un bo‘lmagan kishidan uzoq bo‘lish kerak. Chunki bu munofiqlik
alomatidir. Kishiga
ehtiyoji qadar dunyolik, ehtiyoji qadar oxiratlik lozim. Bularning aksini aytganga
quloq solma. Qancha so‘zlar borki, zahardan ziyod o‘ldirguvchidir. Zahar kishining hayotini so‘ndirsa,
zaharli so‘z ham dunyo hayotini, ham oxirat hayotini so‘ndiradi.
Olimlardan yaxshilikni ayamaslik kerak. Suhbatlashganda, birga yurganda hurmat saqlash lozim.
Olimga salom
berish uchun tayyor turish, o‘tirilgan bo‘lsa tik turib kutib olish zarur bo‘ladi.
JUMA KUNINING ODOBLARI
Ey, farzand!
Juma kuni liboslarning eng yangisini kiyish zarur. Chunki juma mo‘minlarning bayrami. Yangi
libosi bo‘lmagan toza libosini kiyib o‘sha kunni kutib oladi. Xushbo‘ylar sepish juma kunining odobidir.
Farishtalar xushbo‘y hidlarni sevadilar. Juma kuni har doim zikr va tasbehda davomli bo‘lish, ayniqsa,
juma namoziga borayotganda bunga ahamiyat berish zarur. Bu haqda Rasululloh (s.a.v.)
marhamat
etadilar:
«Juma namozi o‘qish uchun chiqqanning har odimiga o‘n savob beriladi. Keyingi jumagacha
kechalarni zikr, kunduzlarni ro‘za bilan o‘tkazganchalik savob yoziladi».
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) boshqa bir hadisi shariflarida shunday deydilar:
«Juma kunini va juma namozini odob va arkoni bilan o‘tkazgan kishiga yigirma yillik ibodat savobi
beriladi».
Yana Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Bir kishi juma
namozi uchun masjidga borib, juma xutbasi eshitadigan joyda o‘tirib, xatib
minbardan tushguncha, dunyoviy so‘zlar aytmay tinglab o‘tirsa, Alloh
taolo u kishiga beradigan
savobdan ustunroq bir savob bo‘lmaydi, Xutba o‘qilayotganda yonidagi kishi bilan suhbatlashganning
namozi buziladi. O’sha kishiga ikki gunoh yoziladi. Xutba eshitilmaydigan joyda suhbatlashgan kishi
esa bir gunoh yoziladi. Shu tariqa bir kishining juma namozi botil bo‘ladi».
Ey, farzand!
Juma namozi uchun masjidga keyinroq kelgan kishi bo‘sh joyga o‘tirishi kerak.
Namozxonlarni
bezovta qilib, oldinga o‘tmaslik lozim. Oldingi safda o‘tirganni istagan namozxon
masjidga ertaroq kelishi kerak.
Rasululloh (s.a.v) shunday deydilar:
«Masjidda saf hatlab ilgari o‘tuvchilarni qiyomat kunida jahannam ustiga ko‘prik qiladilar».
Bundan Allohning O’zi asrasin!
Dostları ilə paylaş: