Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy  www.ziyouz.com



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
HURMATLI ZOTLAR HUZURIDA ODOB 
 
Ey, farzand! 
Podshohlar, beklar, hokimlar, yuksak mavqeli zotlar huzuriga iznsiz kirmaslik odobdandir. Izn olib, 
mumkin bo‘lsa o‘sha maqom xodimlari, kotibi yoki yordamchisi, muovini bilan birga kirishga harakat 
qilish lozim. Asl maqsadni qisqa tushuntirish kerak, uzun so‘z suhbatdoshni zeriktiradi. Rahbar yonida 
bekorchi so‘zlar aytmaslik kerak. 
Rahbar so‘zini yaxshi tinglash va e’tiroz etmaslik kerak. Bu rahbar ko‘nglimizdagidek javob 
bermadi deya, darhol yuqori joylarga shikoyat qilishdan saqlanib turish lozim. Tavoze, kamtarinlik, 
yumshoq so‘z, odob va vazminlik kishini maqsadiga yetkazuvchi vositalardir. 
Yuksak maqomlardagi kengashlarda jiddiy bo‘lish, yoqimsiz so‘z va harakatlardan tiyilmoq foyda 
keltiradi. Holatini keragicha anglatolmagan kishi vaziyat va usuliga muvofiq, boshqasining yordamidan 
foydalanishi mumkin. 
Hal etilishi kerak bo‘lgan ish huquqiy mavzuda bo‘lib, sulh taklif etilsa, rozi bo‘lmoq kerak. Sulh-
hukmlarning eng foydalisi va eng xayrlisidir. Rasmiy maqomlarga, ulug‘lar huzuriga tez-tez qatnab, 
ularni bezdirib, zada qilib qo‘ymaslik lozim. Keyingi bir ishning osonroq ko‘rilishi uchun, bunga juda 
e’tiborli bo‘lish maqsadga muvofiqdir. 
Xavfsizlik va posbonlik bilan bog‘liq kishilar bilan munosabatda o‘zini olijanob, kamtarin va 
madaniyatli tutish zarur. Chunki unday maqom kishilari kibrli va zo‘ravonlarga toqat qilolmaydilar. 
Ularga nisbatan ochiq chehrali bo‘lmoq yaxshi natijalar beradi. 
Ularning biror ishi tushganda yordam berib, ko‘ngillarini olish juda foydalidir. Do‘st bo‘lish yo‘li — 
izzat-ikrom ko‘rsatmoqdir. Suhbatdoshga e’tibor etish, uni kam ko‘rmaslik kerak. Tanqid tanqidni 
tug‘diradi. So‘zlarni xayrli duolarga bog‘lash yaxshi. 
So‘kkan so‘kish eshitadi. So‘kinib so‘zlaganning qalbi qorayadi, ko‘ngli xufton bo'ladi. Viqorli inson 
viqorsizlikka sabab bo‘luvchi har ehtimoldan saqlanadi. 
Ulug‘ zotlar bilan suhbatlashganda ularni ulug‘lovchi so‘zlar aytish, ularga ismlari bilan emas, 
hurmatni ifodalovchi so‘zlar bilan murojaat etish yaxshidir. Ularga berilgan e’tibor, atrofidagilarni ham 
bee’tibor qoldirmaydi. E’tibor etgan - e’tibor ko‘radi. 
Ulug‘larga ularga mos so‘zlar aytilganidek, kichiklarga ham hurmat-shafqat bildiruvchi so‘zlarni 
qo‘llash lozim. Sevgan seviladi. Hurmat qilgan hurmat topadi. 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin