Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
38
DO’STLASHISH ODOBI
Ey, farzand!
Ikki do‘st va’dalariga vafodor, bergan so‘zlariga sadoqatli bo‘lishlari yaxshidir. Bir joyda ma’lum
soatda ko‘rishmoqni ahdlashganlarida aslo kech qolmasdan, ertaroq borganlari ma’qul.
Do‘stlar
bilan uchrashganda kinoyali, qochirim so‘zlar emas, aksincha, bir-birlariga ochiq, samimiy
hurmatni ifodalovchi so‘zlar aytmog‘i a’lodir. Bir-birini ziyorat etishlari
uchun xabar berishlari,
to‘satdan tashrif buyurmasliklari kerak. Ruxsatsiz do‘st do‘stning eshigini ochmasligi, uy egasidan
oldin uyga kirmasligi, taklifsiz uy ichida kezmasligi lozim.
Uyga kirib o‘tirgach, bir narsa qidirayotganga o‘xshab u yoq, bu yoqqa alanglayvermaslik kerak.
Dasturxonga uy sohibidan oldin qo‘l uzatmaslik, oldidan taomlanish, dasturxonning har tarafiga qo‘l
cho‘zmaslik lozim.
Luqmani
katta va tez olmaslik, ovqatlanayotganda zaruratsiz suhbatlashmaslik, uyda ko‘p
o‘tirmaslik, uy sohibining xotini va bolalariga diqqat bilan tikilmaslik kerak.
Uydan chiqayotganda kamtarin so‘zlar bilan xayrlashish va yana ko‘rishish uchun uyiga
mehmonga taklif etishni unutmaslik kerak. Do‘st do‘stga imkoniyati yetganicha eng yaxshi taomlarni
ikrom etmog‘i lozim. Qarzdor bo‘lib, iztirobga tushgan holda ikrom etishdan tiyilgan ma’qul.
Xabar berib kelgan do‘stini uy sohibi uydan tashqari chiqib
hurmat bilan salom berib, alik olib
«Xush kelibsiz» deya yaxshi so‘zlar bilan kutib olishi va iltifot ko‘rsatishi ma’quldir.
Mehmon uyning eng munosib joyiga, masalan, to‘rga, uy egasi undan pastroqqa o‘tirmog‘i
muvofiqdir. Mehmondo‘stlik islomiyatda juda muhimdir.
Mehmon kuzatilayotganda mezbon bilan oralarida xayrli duolar aytilishi ma’qul.
Mehmon va mehmondo‘stlik, ya’ni mezbon xususida shularga diqqat qilish lozim.
Avval mehmondan hol-ahvol so‘raladi. Dasturxon yozishda, taom tortishda sustkashlikka yo‘l
qo‘yilmaydi. Ovqatdan so‘ng mehmon yonida uzoq o‘tirmaydi, charchagani e’tiborga olinib,
tezda
to‘shak hozirlanadi, tahoratxona va hojatxona ko‘rsatiladi. Yotguncha unga yordam beriladi.
Ertalab ketadigan mehmonning taomi kechiktirilmaydi. Qoluvchi mehmonning xizmatida
kamchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Mehmon ketayotganda ma’lum bir joygacha kuzatib qo‘yish ham
odobdandir.
Dostları ilə paylaş: