Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Xotiniga so‘z va harakatlari bilan qo‘pol munosabatda bo‘lmaslik, urish, ajrashish bilan tahdid
solmaslik va oralaridagi ahillikka, mehr-muhabbatga soya solmaslik kerak.
Erkak xotinidan islomga nomuvofiq narsani so‘ramasligi, uning islomiy xizmatlarni o‘rinlatishida,
bilimining ortishida yordam berishi, mehr-muhabbat va shafqat qanotlarini past va mayin tutishi
kerak.
Ayollar esa erlarini behuzur qiladigan so‘z va harakatlardan tiyilishi, ularga ishonishi va
ishonchlarini qozonishi, uyini, erini, bolalarini har jihatdan ozoda tutishi, zakovati bilan erining o‘ziga
bog‘lanishini ta’min etishlari kerak.
Xotin eri istamagan kishilar bilan ko‘rishmasligi, uyga eri istamagan kishilarni qo‘ymasligi, ayollik
nomusi va sharafini yaxshi ko‘rishga harakat qilmog‘i kerak.
Oila — muqaddas va nozik qadriyatlar ustiga qurilgan. Er-xotin bir-biriga Allohning muqaddas bir
omonatidir. Omonat yaxshi saqlanmog‘i, unga xiyonat qilinmasligi zarurdir.
Dostları ilə paylaş: