Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc


UYGA KIRIB-CHIQISH, OVQATLANISH ODOBI



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

UYGA KIRIB-CHIQISH, OVQATLANISH ODOBI 
Ey, farzand!
Tashqaridan kelganda, uyga Ixlos surasini o‘qib kirish sunnat hisoblanadi. Bu haqda 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: 
«Uyga kirayotganda Ixlos surasini o‘qigan kishi yo‘qchilik yuzini ko‘rmaydi». 
Bir kun Suhayl ibn Said (r.a.) Rasulullohga (s.a.v.) kelib, faqirligidan shikoyat etdi. Rasululloh 
(s.a.v.) marhamat etdilar: 
«Ey, Suhayl! Tashqaridan uyingga kelib, ichkari kirganingda salom ber, so‘ng «Qulhuvallohu 
ahad» surasini so‘nggigacha o‘qi!» 
Shundan so‘ng Suhayl (r.a) Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytganlaridek, Ixlos surasini o‘qishda davom 
etdilar. Qisqa muddatda boy bo‘lib, kambag‘allikdan qutuldilar. Bir qancha kishilar uning boyligidan 
foydalana boshladilar. 
Tashqaridan uyiga kelgan kishi avval «Bismillahir rohmanir rohiym» deb, o‘ng oyog‘ini eshikdan 
ichkari qo‘yadi. Uyda odam bor-yo‘qligiga qarab salom beradi. Va bir marta «Qul huvallohu ahad» 
surasini o‘qiydi. Ketidan «Oyatal kursi»ni o‘qisa, shaytonlar uyga kirisholmaydi. Keyin nima qilsa 
«Bismilloh» aytib qilaveradi. Ovqat tayyor bo‘lsa, uydagilar bilan birga ovqatlanadi. Uy a’zolarining 
hammasi dasturxon atrofida to‘planmaguncha, ovqatlanish boshlanmaydi. To‘planishgach, 
«Bismilloh» bilan ovqatlanishni boshlab, ovqatlanib bo‘lgach, bir marta Ixlos surasini o‘qib, ketidan 
shunday duo etiladi: 
«ALHAMDU LILLAHILLAZIY AT’AMANIY HAZAT TOAMA VA ROZAQONIY MIN G’OYRI HAVLIN VA 
LA QUVVAH». 
Shunday qilinsa, taom yeyish shukri o‘rinlatilgan bo‘ladi. Ovqatning orqasidan darrov suv ichish 
sog‘liqqa zarar ekani ma’lum. 
Uyda odam bo‘lsa, kirayotganda «Assalomu alaykum!» deyiladi. Uyda hech kim bo‘lmasa 
«Assalomu alayna va ala ibadilaqis solihiyn!» deya salom beriladi. 
O’RINGA YOTISH ODOBLARI 
 
Ey, farzand!
Kechasi uxlash uchun o‘ringa yotishdan avval Taborak surasi o‘qiladi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shu surani o‘qimasdan o‘rinlariga kirib uxlamasdilar. Bir hadisi shariflarida 
Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar: 
«Yotadigan vaqtda Taborak surasini bir marta o‘qigan kishi qabriga qo‘yilgan paytda shu suraning 
o‘n oyati boshida, o‘n oyati ko‘ksida, o‘n oyati esa yonlarida turib kutadi. So‘rovchi farishtalar 
kelganda bu oyatlar: 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin