Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

 
 
 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
TURLI MAVZULARDA O’GITLAR VA ODOBLAR 
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Bir kishi bir musulmonni shar’iy bo‘lmagan ishdan qaytarib, to‘g‘ri yo‘lga da’vat aylasa, qiyomat 
kunida Alloh taolo o‘sha kishini payg‘ambarlar bilan birga hashr etadi (qayta tiriltiradi)». 
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Bir kishi bemor ziyoratiga borib, hol so‘rasa, shu kuni kechgacha yetmish farishta o‘sha kishi 
uchun mag‘firat tilaydi». 
Bir hadisi shariflarida hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: 
«Bir kishi bemor bo‘lgan paytda Alloh o‘sha kishiga uchta farishta yuboradi, biri bemorning og‘iz 
totini, ikkinchisi kuch-quvvatini, uchinchisi gunohlarini oladi. Qachonki, o‘sha xasta tuzala boshlasa
og‘iz mazasini olgan farishta og‘iz totini sekin-sekin qaytarib beradi. Kuch-quvvatini olgan farishta 
ham olganini sekin-asta qaytaradi. Og‘ziga ta’m, taniga kuch kirib, kishi tuzalgach, gunohlarini olgan 
farishta Alloh taologa shunday murojaat etadi. 
«Allohim! Men ham olganim — uning gunohlarini asta-sekin o‘ziga qaytarib berayinmi?» 
Alloh marhamat etadi: 
«Ey, Mening farishtam! Rahmatim har nedan ziyoda va har narsani qamrovchidir. Bir qulim xasta 
bo‘lgach, gunohini olib, tuzalgach gunohini qaytarib berish Menga yarashmaydi. O’sha bandamning 
gunohlarini dengizga to‘k!» 
Ey, farzand!
Senga bir narsa berganga sen ham bir narsa ber. Senga yomonlik qilganni kechir. Senga xiyonat 
etganga, yaxshi so‘z ayt. Chunki barcha payg‘ambarlarning axloqi shunday edi. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayraga(r.a) xitoban marhamat etadilar: 
«Ey, Abu Hurayra! Xasta ziyoratiga bir mil uzoqlikda bo‘lsa ham borgaysan. Ahvolini yaxshilash 
uchun, ikki millik masofani o‘tish kerak bo‘lsa, mehnatingni ayamagaysan. Bir din birodaringni, 
qiyomatli do‘stingni ziyoratiga Alloh rizosi uchun uch millik uzoqlikda bo‘lsa ham borgaysan. Bilgandan 
bilmaganingni o‘rganmoq uchun esa uzoqlikni xayolingga keltirib o‘tirma. 
Qancha mil uzoqlikda bo‘lsa bo‘lsin, bundan qolma, qaytma». 
Yaxshilik sevar bo‘l! Qilgan yaxshiligingni Alloh rizosi uchun qil! Shunday qilsang, Alloh taolo 
mukofotini qat-qat bergay!» 
Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a) xitoban marhamat etdilar: 
«Ey, Abu Hurayra! Alloh taologa Jabroil alayhissalomday ibodatda bo‘lsang (ham), mo‘minlarni 
Alloh rizosi uchun sevib, munofiqlarni Alloh uchun yomon ko‘rmaguningcha birorta ibodating qabul 
qilinmaydi». 
Mehmonni, musofirni ikrom etmoq ham jannatning kalitidir. Bu ochqichni qo‘lga kiritmoq 
mashaqqatli emas. Nasibasi va barokati bilan kelgan mehmon, keltirganining o‘ndan birini olib (yeb) 
ketadi. Qolgan to‘qqiz nasiba esa ikrom etgannikidir. 
Ey, farzand!
Mahshargohning kuydiruvchi issig‘idan saqlaguvchi yagona joy — Arsh ko‘lankasida soyada 
bo‘lishni istagan odam Payg‘ambarimizga (s.a.v.) ko‘p-ko‘p salovat va salom aytsin. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Abu Hurayra (r.a.) hazratlariga xitoban shunday deydilar: 
«Ey, Abu Hurayra! Men bilan arsh soyasida bo‘lib, qo‘lni qo‘lga bermoqni istasang, har kun 
mening haqimga yuz marta salavot va salom aytgaysan. Mahshar maydonida mening Kavsar 
hovuzimdan qonib-qonib ichmoq istasang, mo‘min birodaring bilan xafalikni uch kundan ziyod davom 
etkazmagaysan. Lekin, may ichuvchi va bilib harom yeguvchi kishidan uzoq bo‘lgaysan». 
Ey

farzand!
Bilimlaringni oshirishga harakat qil. Qo‘lingdan kelganicha g’ayrat qil. Bu haqda Payg’ambarimiz 
(s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) murojaatan shunday deydilar: 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin