Microsoft Word ey farzand ziyouz com doc



Yüklə 266,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/58
tarix19.09.2023
ölçüsü266,62 Kb.
#129143
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Imom G\'azzoliy. Ey farzand

SABRNING AHAMIYATI 
Ey, farzand!
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar; 
«Uch narsada sabr etgan kishi yuksak darajalarga yetadi: 
1.
Nafsining istaklariga sabrli bo‘lganning jannatda har nafasiga Alloh uch yuz daraja beradi. 
2.
Kim ibodat iztiroblariga sabr etsa, Alloh taolo o‘sha kishining sabri uchun olti yuz daraja ehson 
etadi. 
3.
Falokat qarshisida sabr etganga Alloh yetti yuz daraja ehson aylaydi!» 
Muso (a.s.) Alloh taologa shunday dedilar: 
«Allohim! Bandangga bir falokat yoki achchiq bir xabar kelsa, o‘sha quling: «inna lillaha va inna 
ilayhi rojiun», deya sabr ko‘rsatsa, buning uchun unga nima ehson etasan?» 
Alloh marhamat etdi: 
«Ey, Muso! Men o‘sha qo‘limning har nafasiga qiyinchiligi ketguncha uch yuz daraja beraman. 
O’sha falokatning ustiga yana bir falokat kelsa, qulim yana sabr qilsa, yana shunday darajalarni ato 
etaman!» 


Ey, farzand. Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Ey, farzand!
Falokat, balo va musibatlarga sabr etish kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday 
deganlar: 
«Alloh taolo bir kishining molu joniga, farzandiga bir falokat bersa, o‘sha kishi bundan shikoyatchi 
bo‘lmay, Alloh taologa shukr etishda davom qilsa va ahvolidan birovga shikoyatda bo‘lmasa, Men 
o‘sha qulimni mahshargohda azoblashdan hayo qilaman!» 
Kishi o‘zi uchun nima xayrli ekanini bilolmaydigan holga tushishi, hayot va o‘lim orasida qolib, 
birini tanlashi kerak bo’lganida shunday deyishi lozim: 
«Allohim! Men uchun yashamoq xayrli bo‘lsa, sog‘lik va ofiyat ber. O’lmoq xayrli bo‘lsa jonimni ol. 
Mening har qanday holimni eng yaxshi bilguvchi o‘zingsan!» 
Yashab, yurib turganda o‘limni orzu qilish to‘g‘ri emas. Hamda Allohdan har doim xayr-yaxshilik 
so‘rashi lozim. 
O’limdan qochib qutilish mumkin emas. O’lmaslik uchun chiranish yoki o‘limni yoqimsiz ko‘rsatish 
foyda emas, zararlidir. 
Janoza xizmatida bo‘lib, dafn paytida qabrga Alloh rizosi uchun loaqal bir kurak tuproq tashlash 
kerak. Bir valiy zot shunday rivoyat qiladi: 
«Bir kishi avvalroq o‘lgan bir kishini tushida ko‘rdi. Ahvolini so‘radi. Marhum shunday dedi: 
«Mezon (tarozu)da savobimni tortdilar, jud yengil keldi. Shunda bir kishi kelib, savob pallamga bir 
kosa qo‘ydi, savob tarafi og‘irlashdi. Shundan so‘ng Alloh taolo gunohlarimni afv etdi. 
Men o‘sha kosa nimaligini u yerdagi farishtalardan so‘radim. Farishtalar shunday
javob berdilar. 
«Sen bir kun bir qabrga bir kurak tuproq tashlading, O’sha xizmatingni Alloh huzurida qabul qildi. 
Otgan bir kurak tuproq savobi tarozining savob pallasiga qo‘yildi va savob tarafi og‘ir kelishini 
ta’minladi». 

Yüklə 266,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin