www.ziyouz.com kutubxonasi
8
kutmoqdamiz», deydilar».
Ey, farzand!
Ibn Abbos (r.a.) bir kun Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) so‘radilar: «Ey, Allohning Rasuli! (s.a.v.) Alloh
huzurida amallarning eng sevimlisi qaysi?»
Rasululloh (s.a.v.) shunday javob berdilar:
«Uch amal barcha amallardan sevimliroqdir:
1.
Vaqtida va jamoat bilan o‘qilgan namoz.
2.
Ota-onaga yaxshi muomala va xizmatlarida qusur qilmaslik.
3.
Zarur bo‘lganda haq yo‘lida din (va vatan) uchun jang qilmoq». Rasululloh (s.a.v.) buyuradilar:
«Bir kishi qiyomat kuni men bilan birga bo‘lishni va birga jannatga kirishni istasa, besh vaqt
namozni jamoat bilan o‘qishda davom etsin».
Ey, farzand!
Muazzin azon aytishi bilan darhol masjidga borib, jamoat bilan namoz o‘qishga harakat qilish
lozim. Azon tugaguncha gaplashmaslik kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar:
«Ey, sevimli sahobalarim! Qiyomatgacha keladigan ummatlarim! Azonni eshitganingizda
joyingizda to‘xtangiz. Azon bitguncha boshqa narsa bilan mashg‘ul bo‘lmasdan uni tinglangiz».
Azon tinglashning savobi sanagan bilan tugamaydi. Azon tinglashni odat qilgan kishiga jannatda
yuksak daraja beriladi. Azon tinglashni odat qilgan kishining gunohlari to‘kiladi. Bu fursatni qo‘ldan
bermaslik lozim.
Payg‘ambar (s.a.v.) marhamat etadilar;
«Bir kishi vaqti kirgan namozini o‘qib, keyingi namozi uchun o‘zini hozirlasa, o‘sha kishi uchun
ko‘klardagi farishtalar Allohga shunday murojot etadilar:
«Yo Robbiy! Bu qulingning gunohlarini afv et! Bu qulingga rahmating va marhamating bilan nazar
qil!»
Bomdod namozi omonat namozdir. Uni o‘qiganni Alloh o‘z himoyasiga oladi.
Bir kun Yusuf ibn Hajjoj bir kishidan g‘azablanib, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi, yonidagi kishiga uning
bo‘ynini uzishni amr etdi, u kishi jazolanuvchidan: «Bomdod namozini o‘qidingmi?» deb so‘radi. U
o‘sha kunning bomdod namozini jamoat bilan o‘qiganini aytdi. Uni o‘ldirmasdan Hajjojning yoniga
keltirdi. Hajjoj nechun o‘ldirmaganini so‘radi. U kishi shunday dedi:
«Men otamdan eshitdim. Otam Umardan (r.a.) eshitganini aytdi. Umar (r.a.) Payg’ambarimizdan
(s.a.v.) eshitganlar.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilganlar: «Bomdod namozini jamoat bilan o‘qigan
kishi o‘sha kun Alloh himoyasi ostida bo‘ladi!»
«Ey, Hajjoj bu zotni shuning uchun o‘ldirmadim», dedi. Hajjoj u zotni ozod qildi. Bu Allohning
rahmati emasmi?! Allohu Akbar! Namoz karomatlari sanash bilan tugamaydi. Jamoat bilan namoz
o‘qishdan gofil qolmaslik kerak.
Bir kun bir zot Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib:
«Ey, Allohning Rasuli (s.a.v.)! Madinaning ilon, chayonlari ko’p.
Uyim ham masjiddan xiyla uzoq.
Men darrandalardan juda qo‘rqaman. Namozlarimni uyimda yolg‘iz o‘qishimga ruxsat berasizmi?»
dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga shunday buyurdilar:
«Albatta jamoatga kelishingiz kerak!»
Sog‘lom kishi jamoatni tark etishi yaxshi ish emas. Yurishga imkonsiz kishi bundan mustasnodir.
Shiddatli yog‘ingarchilik va dushmandan qo‘rqish ham shunday.