O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etdi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etdi.
Respublikada xususiy tibbiy muassasalarni shaklantirish mavjud davolash-profilaktika 
tashkilotlarini 
davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga 
ham amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishga 
tender asosida aktsiyalar savdosi orqali yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga 
berish yo'li bilan erishilmoqda. Xususiylashtirishning asosiy shartlaridan biri, davlat tomonidan 
belgilangan va kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko'rsatishni ta'minlashdan iborat. Bu degan so'z, 
tibbiy muassasalar xususiylashtirilishi oqibatida xuddi shu hududda istiqomat qiluvchi aholi 
kafolatlangan tibbiy yordamga muhtoj bo'lib qolmaydi.
Nodavlat tashkilotlar 
qatoriga xalqaro tashkilotlar va sog'liqni saqlash maqsadlari uchun 
mahsulot ishlab chiqaruvchi 
qo'shma korxonalar ham kiritiladi.
Respublikada 
xayr-saxovat is hlari 
bilan shug'ullanuvchi jamg'arma va tashkilotlarning salmog'i oshib 
bormoqda. Bu xususiy tibbiy muassasalarni kuchli raqobat sharoitida ishlashga undaydi. Natijada
bozor munosabatlarining keskin salbiy ta'siri ancha yumshatiladi. Sog'liqni saqlash tizimini isloh etish 
va nodavlat tuzilmalarning shakllanib rivojlanishiga, ular tomonidan ko'rsatiladigan tibbiy xizmat 
sifatining yuksalishiga 
xorijiy investorlarni roli ham beqiyos dir.
* Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq davolashning yangi intensiv 
shakllarini qo'llash asosida oshiqcha kasalxona koykalari sonini qisqartirish nazarda tutilgan. 1991 yili 
Respublikadagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo'lgan koykalar soni 260 mingdan oshiq edi. 
Sog'liqni saqlashning Milliy dasturini xayotga tadbiq qilish jarayonida ularning soni teng yarmiga 
qisqartirildi va koyka oborotini tezlashtirish hisobiga ularning zarur miqdordagi qismi saqlanib qolindi.
Tibbiy muassasalarga murojaat qilgan kishilaming 25 %)igacha bo'lgan qismi uzoq muddat
89


davomida statsionar holda davolanar edi. Bu ko'rsatkich rivojlangan davlatlarda 3-4 %ni tashkil qiladi 
xolos.
Dasturga binoan asosiy tibbiy xizmat bu polikhnikalarda va kunduzgi statsionarlarda bo'lishi 
lozim.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2003 yil 2 dekabr kuni "Aholiga shoshilinch 
tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qaror qabul qildi. Unda 
respublikada sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshiralayotganligi 
qayd qilinib aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va 
uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish nazarda 
tutilgan. Bu qarorga muvofiq respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida byudjetdan 
tashqari shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qo'llab quvvatlash va rivojlantirish jamg'armasi tashkil 
etiladi. 2004-2005 o'quv yilidan bishlab "Shoshilinch tibbiy yordam" ixtisosligi bo'yicha Magistratura 
ochiladi.
90



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin