Respublika kommunal
xizmat ko'rsatish vazirligi «O'zkommunxizmat» agentligiga aylantirildi.
Bunday qayta qurishning
asosiy maqsadi aholiga xizmat ko'rsatish tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish, hamda aholiga
xizmat ko'rsatishda o'z-o'zini boshqarish va mahalliy davlat organlarining rolini va javobgarligini
oshirish hisoblanadi. Xududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari viloyat hokimiyatlari ixtiyoriga
berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kommunal xizmat ko'rsatish sohasidagi islohotlarni
chuqurlashtirishning yangi bosqichi to'g'risida» 2001 yil 17 aprelda PF-2832 sonli Farmoni qabul
qilindi. Unga muvofiq uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish, aholiga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, kommunal
xizmatlar xaqining to'liq va o'z vaqtida to'lanishi yuzasidan ma'suliyatni kuchaytirish masalalari ко'rib
chi°ildi.
2002 yilning 26 fevralida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uy-joy mulkdorlari
shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni chiqdi. Unda
ta'kidlanganidek respublikada aholiga kommunal xizmat ko'rsatish tizimidagi iqtisodiy islohatlar izchil
amalga oshirilmoqda. Zarur qonunchilik va normativ huquqiy baza yaratilgan. Uy-joy mulkdorlarining
shirkatlarini shakllantirish jarayoni faol davom etmoqda. Uy-joy mulkdorlarining salkam 1400 ta
shirkatlari tashkil etilgan bo'lib, ko'p xonadonli jami uy-joy binolarining 86%iga raxbarlik qilish ularga
topshirilgan. Ko'rsatilgan kommunal xizmatlarga hisob-kitoblar o'z vaqtida amalga oshirilishi uchun
kollektiv ma'suliyati tizimi yaxshilandi. 1991 yilga qadar barpo etilgan ko'p xonadonli uy-joy
binolarini kapital ta'mirdan chiqarish dasturlari ishlab chiqildi.
Ushbu yutuqlar bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatida qator jiddiy
kamchiliklar va hal etilmagan muammolar mavjud.
Xususan, uy-joy mulkdorlari shirkatlarini zurur
moddiy- texnika bazasi nochor, ularning moddiy resurslar, asbob-anjomlar bilan ta'minlashda ularga
amaliy ko'mak va yordam ko'rsatish zarur edi, hamda uylar atrofidagi er uchastkalarini qonun yo'li
bilan biriktirib qo'yish kabi kamchiliklar mavjud edi. Oqibatda ko'pgina uy-joy mulkdorlarining
shirkatlari uy-joylarini joriy hamda kapital ta'mirdan chiqarish, obodonlashtirish ishlarini o'z vaqtida
bajarish uchun etarlicha mablag'ga ega emas edilar.
"Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi 1999 yil 15 apreldagi
Qonuni bajarilishini ta'minlash maqsadida uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati uchun qulay
sharoit yaratish, uy-joy fondini saqlash, ta'mirlash-tiklash ishlarini o'z vaqtida o'tkazishda, uy-joylar
92
atrofidagi hududni obodonlashtirishni yaxshilashda mazkur shirkatlarning rolini oshirish, shuningdek
ularning moddiy-texnikaviy va moliyaviy bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Masalan, Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xizmatlar ko'rsatishdan tushadigan daromadlardan 2007
yilga qadar barcha turdagi soliqlar va byudjetga yig'imlar to'lashda n ozod etildi va buning natijasida
bo'shaydigan mablag'lar aylanma mablag'larni to'ldirishga, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-
texnika bazasini mustahkamlashga, uy-joy binolarini ta'mirlashga, hududni obodonlashtirishga
yo'naltiriladigan bo'ldi.
93
|