O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


"O'zmaishiyxizmatuyushma"



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

"O'zmaishiyxizmatuyushma" 
tuzildi. Tizim tarmoqlarini bozor munosabatlariga o'tkazish uchun 
maishiy xizmat ko'rsatish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish - ularni ijaraga, aholiga shaxsiy 
mulk qilib berish hamda aktsiyadorlik korxonalari va kooperativlarni tuzish bosqichma-bosqich 
amalga oshirildi. Ayni vaqtda mulkchilikning aralash shakllariga asoslangan korxona lar ham barpo 
etilaboshlandi.
1992-95 yillarda maishiy xizmatga qarashli jami 12587 korxona xususiylashtirilib, 29 ijara 
korxonasi, 13 aktsiyadorlik jamiyatlari, 565 jamoa korxonasi, 527 shaxsiy korxona tashkil topdi, 4 
mingga yaqin shaxs yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug'ullanishga o'tdi. Shahar va 
qishloqlaming guzarlarida 474 savdo- maishiy majmualari tashkil etildi, maishiy xizmatning 218 xil 
yangi shakl 
va 
usullari 
ishlab chiqarishga joriy etildi. 
1996 
yil boshlariga kelib, 
"0'zmaishiyxizmatuyushma"ga qarashli barcha davlat korxonalari xususiylashtirildi va ular turli 
mulkchilik shakllaridagi korxonalarga aylantirildi, ayrim korxonalar zarurat taqozosi bilan 
ko'ngilli 
assotsiatsiyalarga, kontsernlarga birlashtirildi. 
Korxonalarni davlat nazoratidan chiqarish bazan 
shoshilinch amalga oshirilganligi tufayli Respublika viloyatlarining yarimida maishiy xizmat 
uyushmalari tarqab ketdi. Maishiy xizmatga bo'lgan aholini talabini qondirish maqsadida O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahakamasi 1995 yil 12 oktyabrda "Aholiga maishiy xizmat ko'rsatish 
korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qaror qabul qildi. Unga ko'ra 
tarmoqning viloyat va tuman tuzilmalari qaytadan tiklandi. Barcha viloyat markazlarida, tumanlarda va 
shaharlarda maishiy xizmat sohasidagi kichik, xususiy va o'rta biznesni muvofiqlashtirish va qo'llab-
quvvatlash uyushmalari tuzildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 17 sentyabrdagi Qarori 
bilan aholiga maishiy xizmat ko'rsatish sohasini markazdan turib boshqarishni tugatish va raqobat 
muhitini mustahkamlash, maishiy xizmat korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarining xo'jalik 
mustaqilligini oshirish maqsadlarida "O'zmaishiyxizmatuyushma" tugatildi. Aholiga maishiy xizmat 
ko'rsatish ishlarini hududiy (viloyat) uyushmalari, maishiy xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlar tuman 
(shahar) uyushmalari boshqaradi. Respublikada aholiga maishiy xizmat ko'rsatishni rivojlantirishni 
1996-2000 yillarga mo'ljallangan dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli bajarildi.
O'zbekiston Respublikasi aholiga maishiy xizmat ko'rsatish sohasidagi chet el investitsiyasini 
jalb qilish, yangi ishchi o'rinlarini tashkil etish maqsadida chet el firmalari bilan qo'shma korxonalar
94


tashkil etildi. Hozirda O'zbekiston - Turkiya qo'shma korxonasi "Shuhrat" (Erkaklar ichki trikotaj 
kiyimlari), O'zbekiston - Afg'oniston qo'shma korxonasi "Imkon" (poyabzal ishlab chiqarish), Koreya 
respubhkasi, Germaniya ("Ag Vella" firmasi), Turkiya, Yugoslaviya ("Loreal", "Legeran", "Per 
Karden", "Obreme", "Fillips" firmalari) bilan aloqalar o'rnatilgan.
O'zbekiston Respubhkasi Prezidentining 1997 yil sentyabrdagi «Aholiga maishiy xizmat 
ko'rsatish tizimida islohotlami chuqurlashtirish xaqida»gi
Farmoniga asosan
«O'zmaishiyxizmatuyushma» tugatildi. Bundan ko'zlangan maqsad aholiga xizmat ko'rsatish sohasini 
boshqarishda mahalliy hokimiyat organlari va korxonalarni mustaqilligini oshirish va bu sohada 
raqobatchilik muhitini mustahkamlashdir.
Aholiga maishiy xizmat ko'rsatishni xududiy uyushmalari viloyat va tuman (shahar) 
hokimiyatlari ixtiyorigaberildi.
Hozir Respublikada aholiga maishiy xizmat ko'rsatishni uning doimiy yashash va ishlash joyiga 
yaqinlashtirish, maishiy xizmat ko'rsatish turlarini kengaytinsh, sifatini yaxshilash borasida katta ishlar 
qilinayapti. Maishiy xizmat ko'rsatish ishlanga sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, fermer va 
dehqon xo'jaliklari jalb qilingan. Bu o'z navbatida qishloq joylaridagi maishiy xizmat ko'rsatish 
tarmoqlarini kengaytirish imkonini beradi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin