O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

innovatsiya 
faoliyati tarziga kirsa, ya'ni texnika va 
texnologiya yangiliklarini 
joriy etish 
bilan bog'liq bo'lsa, iqtisodiy, o'sish tezlashadi. Innovatsiya tufayli 
me hnat unumi o'sadi, 
yangi tovarlar paydo, bo'ladi, bozor yanada to'yinadi. 
Ammo innovatsion tadbirkorlik uchun ilmiy-
texnikaviy ishlanmalar, ya'ni patent, litsenziya, nou-xau bozori erkin va baynalmilal miqyosda amal 
qilishi shart. 
Tadbirkorlik yuzaga chiqishi uchun jamiyatda iqtisodiy erkinlik bo'lishi shart, ya'ni 
cheklanmagan bozor, erkin narx-navo, kredit, innovatsiya, eksport-import erkinligi talab 
qilinadi. 
Tadbirkorlik rivoji uchun erkinlik moliyaviy aloqalarni ham qamrab olishi kerak.
Tadbirkorlar hohlagan bankini tanlab ish ko'radi, bir necha bankda o'z hisob varag'i
(schyoti)ni
 
ochishi,
 
o'z
 
pul
mablag'larini o'z bilganicha ishlatishi, o'z mablag'ini naqd pul qilib YOKI naqt pulsiz schyotdan-
schyotga ko'chirib olishi mumkin. 
Tadbirkor qonuniy faoliyat bilan shug'ullanganda uning moliyaviy 
ishlariga xech kim aralashishga hakli emas. 
Tadbirkor byudjet bilan ham erkin aloqada bo'ladi. 
Belgilangan soliq summasini byudjetga to'laydi; byudjetdan tegadigan pulni o'zi o'zlashtiradi. 

xoxlagan moliyaviy kompaniya yoki tashkilot faoliyatida ishtirok eta oladi. Tadbirkorlik uchun qulay 
muhit — bu yagona iqtisodiy maydonning, jumladan, yagona pul maydonining mavjud bo'lishidir. 
Iqtisodiy maydonda korxona erkin iSH Tutishi, iqtisodiy bitimlar tuza olishi shart. Bu erda tovarlar, 
kapitallar va ish kuchi erkin va cheklanmagan holda ko'chib yura olishi kerak, yangi ishlab chikarish 
resurslari har tomonga qarab erkin oqa olishi kerak. Iqtisodiy aloqalar pul va bozor orkali amalga 
oshadi, barter emas, haqiqiy oldi-sotdi amal qiladi. Oldi-berdi bo'yicha xisob-kitoblar yagona valyuta 
bilan kilinib, u erkin muomalada almashtiriladigan bo'lmog'i zarur. Yagona iqtisodiy maydonda 
tadbirkorlik uchun bir xil ishlab chiqarish infrastrukturasi xizmatlari ko'rsatiladi. Bu erda narx va 
tariflarning tashkil topish qoidalari ham bir xil bo'ladi. Yagona iqtisodiy maydonning doirasi har xil 
bo'lishi mumkin.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin