- umum e'tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro tartiblarga izchillik
bilan o'tish.
Butun tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqelarini mustahkamlashga,
uning to'lov balansini kuchaytirishga, qulay investitsiya muhitini vujudga keltirilishiga qaratilgandir.
Tashqi savdo, iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalarda quyidagilar ustuvor yo'nalish deb
belgilanadi:
Birinchidan,
respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash,
eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish. "Rivojlangan eksport quvvatisiz O'zbekistonning
kelajagi yo'q."-degan edi Prezidentimiz I.Karimov.
Ikkinchidan,
eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo,
qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor maxsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma
korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bila n birgalikda zamonaviy ixcham korxonalar Ьафо
etib, ularni mehnat resurslarining manbalari bo'lmish qishloqqa yaqinlashtirish lozim. Odatda, ularning
hammasi ilg'or texnologiya bilan ta'minlanishi, raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: