O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Tashqi iqtisodiy siyosatning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

Tashqi savdoni liberizatsiyalash; 

Eksportga mo'ljallangan ishlab chiqarish ixtisoslashuvining ustivorligini ta'minlash; 

Tashqaridan respublikamizga sotib olinadigan(import) maxsulotlar ro'yxatini maqsadga 
muvofiq ravishda ishlab chiqish va boshqalar. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishda 
funktsional tashkilotlar 
ham muhim rol o'ynaydi. Bu 
tashkilotlarga iqtisodiyot va statistika vazirliklari, Moliya vazirligi, Dalat Soliq va bojxona qo'mitalari, 
Mehnat vazirligi va boshqalar kiradi. Bu tashkilotlarning har biri o'z mas'uliyat doirasiga kiruvchi 
masalalarni hal etadi vaularning natijasi uchunjavobgardir.
Iqtisodiyot vazirligi tashqi iqtisodiy faoliyatni tahlil qilishni va istiqbolini belgilashni amalga 
oshiradi, tashqi iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirishga, iqtisodiyotni ichki omillar vositasida 
ko'tarishga asoslangan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni 
tayyorlaydi.
Respublika moliya vazirligi 
respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va 
foydalanishga javobgar bo'lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo'llaydi. 
Respublika hukumati topshirig'iga ko'ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi 
hisobidan qanday mablag'lami olish, o'tkazish yoki qo'yishni hal etadi. Vazirlikning Valyuta 
boshqarmasi shuningdek respublikaning to'lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy 
faoliyatidan kelib tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi.
Respublika soliq qo'mitasi 
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish 
masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo'yicha me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va saqlanishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalaming asosiy ishtirokchilari mulkchilikning 
turli ko'rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo'lib qoladi. Shu jumladan, qo'shma korxonalar ham 
tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo'lib, ular «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida»gi respublika 
qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport- import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishda 
ma'lum huquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanishga ruxsati bo'lgan korxona
136


va tashkilotlarga ma'lum banklarda o'z valyuta hisoblari bo'lishiga va bu mablag'lardan foydalanishga 
ruxsat berilgan.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, umuman iqtisodiyot sohasini 
liberalizatsiyalash bo'yicha sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Respublika iqtisodiyotida ro'y bergan 
o'zgarishlarni hisobga olib va 2000 yil may oyida Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq ikkinchi 
sessiyasida 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin