«Respublika tashqi iqtisodiy faoliyati to'g'risida» Yangi taxrirdagi qonun qabul qilindi. TIF to'g'risidagi qonunning
asosiy vazifasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.
O'zbekiston Respublikasining
iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash uning
iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag'batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalas huvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Mazkur qonunda belgilanganidek O'zbekiston Respublikasi vazirlar maxkamasi:
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;
O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini, iqtisodiy mustaqilligi va iqtisodiy
manfaatlari himoya qilinishini ta'minlaydi;
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini
tuzadi;
O'zbekiston Respublikasining to'lov balansini ishlab chiqadi;
Chet eldan olinadigan kreditlar uchun O'zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlarini
beradi;
O'zbekiston Respublikasining chet ellardagi mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni
tasarruf etadi;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlami amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish soxasidagi
vakolatli davlat organi bo'lib Tas hqi iqtisodiy aloqalari vazirligi hisoblanadi. Uning nomi O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2002yil 21 oktyabrdagi Farmoniga muvofiq
«O'zbekiston tashqi aloqalar agentligi» deb o'zgartirildi.
Tashqi aloqalar agentligi: •
Tashqi iqtisodiy faoliyat soxasida davlat siyosati olib borilishini, tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlari
himoya qilinishiga doir vazifalar bajarilishini ta'minlaydi;
•
Tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizi takomillashtirilishiga doir takliflarni
ishlab chiqadi;
•
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub'ektlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib
turadi;
•
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish soxasidagi davlat boshqaruv organlari ishini
muvofi ql ashtiradi;
• Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.