O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Ichki taqrizchilar:
i.f d., prof Yo. Abdullaev
i.f d., prof M. Mirsaidov 
Tashqi taqrizchi:
 
i.f d., prof E. Akramov
Ma'sul muxarrir:
 
i.f d., prof A. Vohobov
Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o'quv yurtlararo ilmiy 
uslubiy kengashning 2004 yil 27 yanvarida muhokama qilingan va 4 sonli Qaror bilan nashrga 
tavsiya qilingan.


Kirish
O'zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi bilan uning Milliy iqtisodiyoti 
shakllana boshlandi.
Milliy iqtisodiyot- 
bu ma'lum bir davlat hududida tarixan tashkil topgan, bir-biri bilan maqsadi 
va mehnat taqsimoti bog'liq bo'lgan tarmoqlar yig'indisidir. Yagona tizim sifatida milliy iqtisodiyot 
o'ziga xos bo'lgan munosabatlari, boshqaruv tizimi, umumiqtisodiy infrastrukturasi va mustaqil 
qonunchiligiga ega bo'lgan mustaqil davlatchilikni taqozo qiladi.
Bakalavr darajasini olayotgan har bir kishi mustaqil davlatning iqtisodiy siyosatini, bozor 
iqtisodiyotiga o'tishning o'z modelini, uning shakllanish jarayonini bilmog'i zarurdir.
Milliy iqtisodiyot kursi Oliy o'quv yurtlarining moliya, bank ishi, soliq va sug'urta, buxgaltenya 
hisobi, audit va boshqa iqtisodiy yo'nalishlarida o'qiyotgan bakalavr-talabalari uchun mo'ljallangan 
bo'lib ularni mamlakat iqtisodiyotida kechayotgan chuqur va ko'p qirrali jarayonlami o'rganishga 
undaydi.
Milliy iqtisodiyot kursi O'zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tishi, itisodiyotni 
isloh qilish jarayonlarini, o'zbek milliy modelini mohiyatini, hamda respublikani, aholisi yuqori 
turmush darajasiga ega bo'lgan iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga, bosqichma-bosqich o'tish 
jarayonlarini o'rganishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.
Milliy iqtisodiyot kursi quyidagi vazifalarni hal qilishga e'tibomi qaratadi:

Mamlakatni ijtimoiy- iqtisodiy qayta qurishni va rivojlanishning o'ziga xos yo'llarini va 
muammolarini o'rganadi. 

Respublikaning iqtisodiy potentsialini, uning tarkibini, o'sish dinamikasini tahlil qiladi.

Iqtisodiyotni boshqarish vazifalarini va asosiy printsiplarini hamda bozor iqtisodiyoti 
sharoitida strategik rejalashtirish va davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish tizimini 
o'rganadi. 

Mamlakatni tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil qilish, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy 
hamkorlik qilish shakllarini o'rganadi va hokazo.
Milliy iqtisodiyot kursi mamlakatimiz iqtisodiyoti, uning iqtisodiy komplekslari, regionlar va 
bir-biri bilan bog'liq bo'lgan tarmoqlarini o'rganishni taqazo qiladi. O'quv qo'llanma moliya, bank ishi, 
soliq va sug'urta, buxgalteriya hisobi, audit, qimmatli qog'ozlar va birja ishi kabi iqtisodiy 
yo'nalishlarda o'qitilishini nazarda tutilgani uchun hamda ishchi o'quv rejasidagi ajratilgan soatlarni 
kamligini e'tiborga olib, unga O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishida moliya-kredit tizimi kabi 
ixtisoslik fanlaridan o'tiladigan ayrim mavzular, kursga qaytarish bo'lmasligi uchun, ongli ravishda 
kiritilmadi.
Mazkur o'quv qo'llanmani tayyorlash va nashr qildirishda muallifga yaratilgan sharoit va 
yordam uchun Toshkent Moliya Instituti rektori akademik M.Sharifxo'jaevga, hamda rektorning o'quv 
ishlari bo'yicha muovini prof. A.Vohobovga minnatdo rchilik bildiradi.



Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin