O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


-bob. Milliy iqtisodiyot tarkibi va uni takomillas htirishning asosiy yo'nalis hlari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

4-bob. Milliy iqtisodiyot tarkibi va uni takomillas htirishning asosiy yo'nalis hlari
§ 1. Milliy iqtisodiyot tarkibi, uning mazmuni va asosiy shakllari.
§ 2. Iqtisodiy faoliyat tarkibini tahlil qilish.
§ 3. Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari.
§ 1. 
Milliy iqtisodiyot takibi, uning mazmuni va asosiy shakllari
Iqtisodiyot murakkab va ko'p qirrali xususiyatga ega. U har biri aniq funktsiyani bajaradigan va 
shuning bilan birga boshqa bo'g'inlar xarakatini ta'minlaydigan keng tarmoqli turli xil bo'limlar 
tizimidan iborat. Shuning uchun iqtisodiyotning tarkibi doimo rivojlanishda va takomillashtirishda 
bo'ladigan murakkab organizmdir.
Iqtisodiyotning tarkibi (strukturasi) 
deganda ma'lum omillar ta'sirida yuzaga kelgan ijtimoiy 
takror ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimotini ifodalaydigan iqtisodiyot tarmoqlarining nisbati 
tushuniladi.
Ma'lumki, Markazlashgan 
bos hqaruv tizimida muayyan mamlakat iqtisodiyoti "xalq 
ho'jaligi" iborasi bilan ifodalanar edi. 
Bunday yondoshuvda mamlakat iqtisodiyoti ikki sohaga
ya'ni:

Ishlab chiqarish 

Noishlab chiqarish sohalariga bo'lingan xalq xo'jaligi tarmoqlari tasnifiga asoslanar edi. 
Ishlab chiqarish sohasi:

Sanoat;

qishloq xo'jaligi;

o'rmon xo'jaligi;

qurilish;

yuk transporti;

ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi aloqa;

moddiy texnika ta'minoti;

savdo va tayyorlov tashkilotlari;

umumovqatlinish korxonalari;

boshqa har xil ishlab chiqarish faoliyatlari;
I. Noishlab chiqarish sohasi:

uy-joy kommunal xo'jaligi va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish; 

sog'liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sotsial ta'minot; 

xalq ta'limi; 

madaniyat va san'at; 

moliya, kredit va davlat sug'urtasi; 

boshqarish; 

mudofaa; 

xar xil noishlab chiqarish faoliyatlari.
Xalq xo'jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma'muriy buyruq bilan boshqarish 
sharoitida vujudga kelgan bo'lib, xaddan tashqari markazlashgan rejalashtirish uslubiga asoslangan 
edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi. Chunki unga asoslanib:

noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy qiymatni aniqlash; 

tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o'rganish; 
28


■ tadbirkorlikning yangi strukturasiga old ko'pgina ko'rsatkichlarni aniqlash imkoniyati 
bo'lmaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin