O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini miqdor va sifat jihatidan o'sish sur'atlari tahlil



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/203
tarix21.09.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#129236
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   203
portal.guldu.uz-Milliy iqtisodiyot -1

Ijtimoiy ishlab chiqarish hajmini miqdor va sifat jihatidan o'sish sur'atlari tahlil
qilinadi
O'zbekistondagi izchil iqtisodiy siyosat, o'tmishdan meros qolgan qiyin og'ir ahvoldan tezda 
chiqib ketish va muttasil rivojlanish tufayli MDH davlatlari orasida 2004 yildayoq 1990 yilgi darajaga 
etish imkoni yaratildi. Vaholanki, ishlab chiqarish bo'yicha Rossiya 2001 yili 1990 yilgi darajaning 
64%, Ukraina 46%), Qozog'iston -72%), Qirg'iziston 69%)ga erishdi xolos.
MDH mamlakatlari orasida O'zbekiston iqtisodiy tanglikdan eng kam talofatlar bilan chiqdi, u 
boshidan kechirgan iqtisodiy tushkunlik davri eng qisqa bo'ldi. O'zbekistondagi iqtisodiy 
yangilanishning muhim va e'tiborli yana bir tomoni borki, u ham bo'lsa, meros qolgan an'anaviy 
tamoyillardan tashqari, iqtisodiy islohotlar yuzaga chiqargan yangi omillarga ham tayanildi. 
Iqtisodiy 
o'sish keyingi 5 yilda bir me'yorda 4,0-4,5%) atrofida bo'ldi, 
chunki u ishonchli ichki kuchlarga 
tayandi, ular barqaror va ishonchli bo'lganidan tashqi kuchlarning iqtisodiyotimizga ko'rsatgan salbiy 
ta'sirini sezilarli darajada kesa oldi. Shu sababli, jahon bozorida 
paxta, oltin va mis narxining jiddiy 
pasayishiga qaramay, 
O'zbekiston iqtisodiyotining o'sish sur'atlari barqaror bo'lib, jon boshiga 
tovar 
va xizmatlar yaratish yiliga 3%) va undan ham yuqoriroq darajani tashkil etmoqda.
Boshqa MDH mamlakatlaridan farqliroq, O'zbekistonda sakrab o'sishga harakat qilingani yo'q. 
Boshqalarda iqtisodiy o'sish xom-ashyo yoki yoqilg'i-energetika resurslarining jahon bozoridagi 
narxiga qarab, bir yuqorilab, bir pasayib turadi. Iqtisodiy o'sish birdaniga 10-12%)ga qadar yuqorilab 
borsa, so'ngra pasayib 2-3%)ga qadar tushib ketadi.
O'zbekistonda iqtisodiyotning jahon bozori konyunkturasiga bog'liq tomonlari bilan birgalikda 
unda holi bo'lgan sohalari ham rivoj topmoqda, ular mamlakat ichki bozori uchun ishlaydi va tez 
sur'atlarda rivojlanib boradi, tashqi bozorga qaramlik kuchsizlanishi esa, uning barqarorligini 
kafolatlaydi. Ammo, globalizatsiya sharoitida eksportga ishlash zarur bo'ladi, chunki eksporti yo'q 
mamlakatning kelajagi bo'lmaydi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin