sektorning mavqeini yanada os hirish, kichik-o'rta biznes hamda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taqozo etadi. Bu borada tashqi iqtisodiy faoliyat hamda valyuta bozorini
erkinlashtirish, milliy valyutaning erkin almashuvini ta'minlash, milliy valyutamiz - so'mimizning barqarorligi va xarid quvvatini har
tomonlama oshirish taraqqiyotimizning yangi bosqichidagi asosiy vazifalarimizdan biridir.
Iqtisodiyotimizda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va uni modemizatsiya qilish,
eksport rivoji, import o'rnini bosadigan maxsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlashning muhim sharti
bo'lgan
xorijiy investitsiyalar, avvalam bor
xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli
investitsion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish. Shuningdek, tashqi va ichki investitsiyalami
butun iqtisodiyotimizni yangilashga, oltin- valyuta zaxiralarimizning barqaror o'sishiga xizmat
qiladigan etakchi tarmoqlarga birinchi navbatda yo'naltirish.
Bunday vazifalami amalga oshirishda
xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorligimizni yanada kuchaytirish, dunyo iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuv, Jahon Savdo Tashkilotiga a'zo
bo'lish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
To'rtinchi ustuvor yo'nalish-bu inson huquqlari va erkinliklarini so'z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoro likni, jamiyatda o'tkazilayotgan islohatlarning ochiqligini ta'minlaydigan demokratik tamoyillarni so'zda yoki qog'ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. Ommaviy axborot vositalari tom ma'noda «to'rtinchi hokimiyat» darajasiga ko'tarilmog'i lozim.
Beshinchi ustuvor yo'nalish - fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti bo'lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o'rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Yoki boshqacha qilib aytganda, bu-«Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari»
degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Bu yo'nalish ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar bilan
bog'liq ko'p masalalami hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni
bosqichma-boqich jamoa tashkilotlariga o'tkaza borishni taqoza etadi.
Buning uchun avvalam bor davlatning iqtisodiy sohaga, xo'jalik yurutuvchi tuzilmalar, birinchi
galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim.
Hayotimizni erkinlashtirish yo'nalishlarining yana bir muhim yo'li